Marosim va marakalarni o‘tkazishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
2026-03-30 17:30:00 / Yangiliklar

Islom dini insonlar orasida o‘zaro hurmat, kamtarlik, yaxshilikni targ‘ib qilib, turli hurofotlardan odamlarni qaytargan. Ammo, so‘ngi vaqtlarda odamlar orasida ortiqcha isrofgarchilikka yo‘g‘irilgan turli diniy amallar deya qo‘shtirnoq ichida bajariladigan marosim va marakalarning ko‘payib ketishi natijasida o‘zaro tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Shuningdek, diniy marosimlarni o‘tkazishda o‘zboshimchalik va isrofgarchilikka berilayotgan holatlar ko‘plab uchramoqda. Bu borada Beruniy tumani hokimligi huzurida to‘y va marosimlarni tartibga solish bo‘yicha mahsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, mahallalardagi ko‘cha boshilar va imomlar bu bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borishga, joylarda to‘y marosimlarni tartibga solishga mas’ul hisoblanadi. Diniy marosimlarni tartibga solish bo‘yicha Beruniy tumanida “Nuroniy” jamoat fondi va 40 ta mahalladagi imomlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Har bir mahallada diniy marosimlar va oilaviy yig‘inlarni o‘tkazishda belgilangan qonun-qoida va tartibga amal qilish borasida o‘zaro kelishib olindi.




