Islohotlar bilan izma-iz. Beruniy tumani misolida
2026-03-23 21:25:00 / Yangiliklar

Mamlkatimizda xotin-qizlar bandligini ta'minlash ustuvor vazifalardan biri. Ayniqsa, Hurmatli Prezidentimiz boshchiligida olib borilayotgan oqilona siyosat sabab xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, ular bilan manzilli ishlar olib borilishi yo'lga qo'yilgan. Beruniy tumani Ozod ovul fuqarolar yig'inidagi aholi soni 7176 nafarni tashkil etadi shundan, 3664 nafari ayollar. Hududda xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash borasida tibbiy ko'riklar tashkil etilib, homiladorlik va tug'ish yoshidagi ayollar doimiy shifokor ko'rigidan o'tkazilib kelinadi. Keksa yoshdagi nuroniy onaxonlarning holidan xabar olish maqsadida 87 yoshni qarshi olgan 10 nafar farzandning onasi, 110 nafar nevara-chevaraning buvisi “Qahramon ona” Qizilgul momo Prenova bugungi kunda el ardog'ida. Umri davomida qishloq xo'jaligida pilla, paxta yetishtirib, mehnati ortidan qadr topgan. Bugungi kunda farzandlarining ardog'ida, tinch kunlarga shukronaligi ko'p. Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan onaxonning xolidan xabar olinib, unga bayram sovg'alari berildi. Uy sharoitida daromad topib parrandachilik bilan shug'ullanayotgan xotin-qizlar Ozod ovul fuqarolar yig'inida ko'pchilikni tashkil etadi. Parrandaning turli hillari xususan tovuq, kurka, o'rdak, kaklik parvarishlab erta bahordan ularni ko'paytirishni yo'lga qo'ygan xonadonlar bu yo'nalishning ilmini yaxshi egallagan. Yetti xazinaning biri deya ta'riflanadigan tovuq go'shti va tuxumi oilaning daromad manbai bo'lib hisoblanadi. Hududning drayver sohasi chorvachilik va dehqonchilik hisoblanib, endilikda xizmat ko'rsatish sohasi ham tadbirkorlar tomonidan yo'lga qo'yilgan. Aholining farovon turmush tarzi, bugunidan roziligini mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar misolida ko'rishimiz mumkin.


