Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun.
2026-02-26 18:25:00 / Yangiliklar

Beruniy tumani tibbiyot bo'limida davlat hususiy sherikchiligi asosida investitsiya mablag'lari hisobidan gemodializ bo'limi ishga tushirilishi arafasida. Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy va Qo'ng'irot tumanlarida 500 ming AQSH dollari investitsiya mablag'lari hisobidan davlat hususiy sherikchiligi asosida “NEPHROPLUS” bo'yrak faoliyatini qo'llab-quvvatlashga asoslangan loyiha doirasida gemodializ bo'limi ishlanishi boshlangan. Buyrak yetishmovchiligida kerak bo'ladigan 12 ta maxsus tibbiy apparat 24 soat davomida 70 nafar rejalashtirilgan dializ bemorlarga xizmat qiladi. Bo'lim 4 ta zaldan iborat. Barcha zamonaviy qulayliklar yaratilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati S.Imamova, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi deputati K.Xojamuratov mazkur loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishib chiqdi. Xindistonlik mutaxassislar bilan suhbat jarayonida buyrak yetishmovchiligi natijasida bemorlarda kuzatiladigan jarayonlarni mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda ishlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilayotganligini bildirdi. Quvonarli tomoni esa, oldin bemorlar Xorazm viloyati yoki Nukus shaxriga soatlab yo'l bosib rejalashtirilgan gemodializ olish uchun boradigan bo'lsa, endilikda bu amaliyot o'z tumanimizda yo'lga qo'yiladi. Ta'mirlash va o'rnatish ishlari mart oyi yakunigacha amalga oshirilib, ishga tushishi rejalashtirilgan. Hurmatli Prezidentimizning tibbiyot sohasiga berayotgan e'tibori, millat salomatligini mustahkamlash yo'lidagi say'-harakatlari albatta o'z natijasini ko'rsatdi.



