Ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada yuqori bosqichga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
2026-02-11 19:05:00 / Yangiliklar

Ta’lim sohasida korrupsiyaning oldini olish – jamiyat taraqqiyoti va adolatli tizimni shakllantirishning muhim shartidir. Bugun Beruniy tumanidagi 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda maktab jamoasiga bir qancha tushuntirishlar berildi va o‘qituvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi. Kelajak avlodni korrupsiyaga murosasiz ruhda tarbiyalashda ustozlarning roli katta ekanligi aytib o‘tildi. Ta’limdagi korrupsiyani kamaytirish faqat jazolash bilan emas, balki tizimli islohot, shaffoflik, raqamlashtirish va ma’naviy yondashuv orqali amalga oshiriladi. Eng muhimi – adolat va halollik muhitini shakllantirishdir.




