Murojaatnomadagi ustuvor yo'nalishlar keng jamoatchilikka tushuntirildi
2026-01-08 17:20:00 / Yangiliklar

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025 yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va xalqimizga yo'llagan murojaatnomasida bir qancha ustuvor yo'nalishlarga to'xtalib o'tdi. Mazkur Murojaatnomada keltirilgan Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, iqtisodiy o‘sish va farovonlik, texnologik va innovatsion o‘sish dinamikasi, 2026 yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nomlanishi, zamonaviy davlat boshqaruvi va adolatli sud-huquq tizimi, konstruktiv tashqi siyosat va taraqqiyot strategiyasi yo'nalishlarida joylarda targ'ibot tadbirlari va aholiga keng tushuntirish ishlari olib borilishi yo'lga qo'yilgan. Beruniy tumanidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarining ishchi xodimlari orasida Murojaatnomadagi oltita ustuvor yo'nalishlar asosida mamlkatimizning uzoqni ko'zlagan strategik rivojlanish yo'lini mustahkamlashga asoslangan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Asosan, texnologik va innovatsion o‘sishga o‘tish, sun’iy intellekt, data-markazlar, kosmik dasturlar, “yashil” energetika, ekologik muvozanat, zamonaviy kasblar va yangi mehnat bozori arxitekturasi — bularning barchasi kelajak avlod manfaatiga xizmat qiladigan ulkan qadamlaridir. Prezident Murojaatnomasi — bu xalqimizning kuchiga, mahallaning qudratiga, yoshlarning salohiyatiga va Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagiga bo‘lgan yuksak ishonch ifodasi ekaninining yorqin ifodasidir.



