Beruniyda investitsiya dasturi asosida chekka hududda zamonaviy maktab faoliyat boshladi.
2025-12-24 18:25:00 / Yangiliklar

Beruniy tumani Do'stlik ovul fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 40-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18-sentyabr kungi PQ-5246-sonli “Islom taraqqiyot banki” hamda OPEK halqaro jamg'armasining pul mablag'lari hisobidan 2024 yil dekabr oyida qurilish ishlari boshlangan bo'lib, bir yil davomida olib borildi. 7 mlrd 300 mln so'm mablag' evaziga barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega 2 qavatdan iborat 176 o'ringa mo'ljallangan maktab binosi qad ko'tardi.
Maktab binosida zamonaviy yashil qoplamali bolalar o'yingohi, kutubxona, kompyuter xonalari, labaratoriya jihozlari va oshxona joylashgan. Endilikda yorug' va issiq sinfxonalarda ta'lim-tarbiya olish uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Yangi yil bayrami oldidan hudud aholisiga va maktab ma'muriyatining quvonchiga sabab bo'lgan maktab binosining foydalanishga topshirilishida nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi.
Beruniy tumani hokimining o'rinbosari Davronbek Karimov maktab ochilishidagi so'zida Hurmatli Prezidentimizning maktab sohasiga berayotgan e'tiborini alohida ta'kidlab o'tdi. Bunday zamonaviy maktablar so'ngi 5 yil davomida tumanimizda davlat investitsiya dasturlari asosida qurilayotganligini aytib o'tdi.
Ta'lim maskanida 2 smenada 238 nafar o'quvchilarga 23 nafar pedagoglar ta'lim-tarbiya berib keladi. Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi deya ta'kidlar ekanmiz, yangi zamonga mos kadrlarni tarbiyalashda ta'lim maskanlarining o'rni alohida hisoblanadi.








