Millat genofondini saqlash milliy strategiyaning asosiy maqsadida belgilangan.
2025-12-04 10:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 — 2028-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyaning ustuvor maqsadlariga erishish, giyohvandlik va uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish orqali aholini, birinchi navbatda, yoshlar salomatligini hamda millat genofondini samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 207-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq, Beruniy tumanida ijro hokimiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mahalla yettiligi, tibbiyot va ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar ishtirok etib, mazkur farmonni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish orqali yoshlar orasida turli giyohvandlik va psixofaol vositalarga qaramlikning oldini olish, narkojinoyatlarga qarshi kurashish borasida muhim vazifalar topshirildi. Beruniy tumani prokurori M.Atadjanov uchrashuv davomida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik ayniqsa, davlat ishchilari orasidagi maishiy korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha asosli fikrlarni bildirib o‘tdi.







