Hunarli inson elda aziz
2025-11-14 16:40:00 / Yangiliklar

Qo'l hunarmandchiligi bo'yicha natijalarga erishib kelayotgan Aygul Begmanova Beruniy tumani Shimom ovul fuqarolar yig'inida yashaydi. Hunarmandchilikning to'quvchilik, sun'iy gullar va zargarlik buyumlarini yasash bilan shug'ullanadi. Yoshligidan o'rgangan hunari bugunga kelib oilaning asosiy daromad manbaiga aylangan. O'z farzandlariga ham o'rgatishni yo'lga qo'ygan. Qo'l hunari asosida ayollar kiyimlariga biserlar qadash, turli taqinchoqlar va sun'iy gullar yasashni shogirdlariga o'rgatish bilan bir qatorda, hozirda gilam to'qish sir-sinoatlarini ham egallamoqda. Taxiatosh tumanida gilam to'qish bilan shug'ullanayotgan hunarmandlarga shogird tushib, endilikda Shimom ovulidagi xotin-qizlarga o'rgatishni rejalashtirgan. Qo'qon shaxrida bo'lib o'tgan xunarmandlar milliy ko'rgazmasida ishtirok etgan A.Begmanova o'ziga kerakli tajribalar orttirgan. Hozirda Shimom ovul fuqarolar yig'inida investitsiya dasturi asosida qurilgan mahalla va maishiy xizmat binosining bir xonasida o'z ishini yoshlarga o'rgatib kelmoqda.



