Bektemir tumani xalqaro axborot maydonida
2026-10-14 16:10:00 / Yangiliklar

Nufuzli xalqaro Oxford Business Group (OBG) tomonidan Bektemir tumani hokimi Nurilla Lutfillayevich Abduraxmanov bilan o‘tkazilgan intervyu tashkilotning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida ham keng yoritildi.
Intervyuda Bektemir tumanini zamonaviy “smart city”, sanoat va logistika markazi sifatida rivojlantirish, hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish hamda xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilgan.
Mazkur intervyuning Oxford Business Group rasmiy X (Twitter) va LinkedIn sahifalarida e’lon qilinishi Bektemir tumanining iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlarini xalqaro biznes hamjamiyatiga kengroq tanishtirishga xizmat qiladi.
Havola: X (Twitter):
https://x.com/OBGinsights/status/2102625908997931502
LinkedIn:
https://www.linkedin.com/feed/update/urn:li:share:7508391833459277825/?actorCompanyId=27107
