Bektemirning investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyati xalqaro nashr e’tiborida
2026-09-16 17:25:00 / Yangiliklar

Bektemirning investitsiyaviy va iqtisodiy salohiyati xalqaro nashr e’tiborida
Nufuzli xalqaro Oxford Business Group nashrida Bektemir tumani hokimi Nurilla Abduraxmanov bilan intervyu e’lon qilindi.
Intervyuda Bektemir tumanining yuqori texnologiyali sanoat va logistika markaziga aylanish istiqbollari, investitsiyaviy salohiyati hamda hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.
Xususan, tumanning Toshkent shahri va yirik hududlarni bog‘lovchi strategik joylashuvi, “Bektemir City” loyihasi, yangi sanoat hududlarini rivojlantirish, zamonaviy logistika infratuzilmasini shakllantirish, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, oziq-ovqat sanoati, maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish, ekologik toza sanoat loyihalari hamda Chirchiq daryosi bo‘yini zamonaviy rivojlantirish kabi yo‘nalishlar xorijiy investorlar uchun istiqbolli sohalar sifatida qayd etilgan.
Intervyuda investorlarni jalb qilishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, diplomatik vakolatxonalar bilan tizimli ishlash hamda xalqaro investitsiya forumlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha Bektemir tumanining yondashuvi ham bayon etilgan.
Intervyuning ingliz tilidagi to‘liq shakli bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
