290-sonli maktabda qurilish ishlari yakunlanmoqda
2026-08-17 13:55:00 / Yangiliklar
290-sonli maktabda qurilish ishlari yakunlanmoqda

Bugun Bektemir tumani hokimi Nurilla Abduraxmanov tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan 290-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi.
Unda maktab binosida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ta’lim muassasasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash, hududni obodonlashtirish va maktabni yangi o‘quv yiliga munosib tarzda tayyorlash yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.








