Gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi
2026-07-29 17:20:00 / Yangiliklar
Gaz ta'minoti vaqtincha to'xtatiladi

Gaz ta’minoti tarmog‘ida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2026-yil 30-iyul kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Bektemir tumani "Zabardast" mahallasida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Mazkur ishlar eskirgan gaz taqsimlash punktini yangisiga almashtirish maqsadida olib boriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun "Bektemirtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi uzr so‘raydi.
