Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Bektemir tumani hokimi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar qabullari o‘tkaziladi.
2026-05-21 19:15:00 / Majlislar

Har hafta belgilangan reja-grafik asosida Xalq qabulxonasida Bektemir tumani hokimi hamda tuman hokimi o‘rinbosarlarining fuqarolar qabullari o‘tkaziladi.
Quyida ularning qabul kunlari bilan tanishishingiz mumkin:
— Har haftaning shanba kuni soat 12:00–15:00 gacha Bektemir tumani hokimining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning juma kuni soat 17:00–18:00 gacha Bektemir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning dushanba kuni soat 9:00–12:00 gacha Bektemir tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning chorshanba kuni soat 9:00–12:00 gacha Bektemir tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning seshanba kuni soat 8:00–10:00 gacha Bektemir tumani hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
— Har haftaning payshanba kuni soat 14:00–16:00 gacha Bektemir tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘ining fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar, ushbu qabul kunlarida o‘zingizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
