Bektemir tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-15 18:25:00 / Yangiliklar

Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov “Abay” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlarning taklif va muammolari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish, sport va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi fikr-mulohazalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbus va g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.




