“Milliy Bektemir” bayrami tantanali o‘tdi!
2026-04-17 13:45:00 / Yangiliklar
“Milliy Bektemir” bayrami tantanali o‘tdi!

Bektemir tumanida tashkil etilgan “Milliy Bektemir” bayrami katta ko‘tarinkilikda o‘tkazildi!
I.M.Gubkin nomidagi akademik litseyida tashkil etilgan bayramda tumandoshlar va mehmonlar faol ishtirok etdi. Tadbir milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni keng targ‘ib qilishga qaratildi.
Mehmonlar orasida milliy libosda ishtirok etganlar bayram muhitiga alohida fayz bag‘ishladi. Tadbir mehmonlari yurtimizning boy madaniy merosiga yana bir bor guvoh bo‘ldilar.









