Bektemir tumanida "Ayollar sport olimpiadasi" doirasida musobaqalar o‘tkazildi
2026-04-17 10:40:00 / Yangiliklar

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan ayollarni ommaviy sport turlariga keng jalb qilish hamda ularning salomatligini mustahkamlash mexanizmini yaratish maqsadida joriy yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar uch bosqichli "Ayollar sport olimpiadasi" o‘tkazilishi belgilangan.
I.M.Gubkin nomidagi akademik litseyida ushbu olimpiadaning tuman bosqichi bo'lib o'tda, unda tumandagi 18ta mahallalarda yashovchi 18-30 va 30 yoshdan yuqori yosh toifasidagi xotin-qizlar sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, yugurish (yengil atletika) turlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.
Ushbu bellashuvlar 1-3 o'rinlarni qo'lga kiritish borasida Abay, Iyk ota, Gulbog', Mirishkor va Husayn Boyqaro MFYlari yetakchilardan bo'lib, g'oliblarga tuman hokimligining esdalik sovga' va diplomlari taqdim etildi.
Tadbir tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, tumandagi 1 va 2-sonli sport maktablari hamkorligida tashkil etildi.









