Fuqarolar murojaati — e’tibor markazida
2026-01-24 13:50:00 / Yangiliklar
Fuqarolar murojaati — e’tibor markazida

Bektemir tumani hokimligida fuqarolar uchun navbatdagi qabul bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimi Nurilla Abduraxmanov boshchiligida tashkil etilgan qabulda soha va tashkilot rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni bevosita tinglandi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning yechimi yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijro muddatlari belgilandi.
Asosan fuqarolar tomonidan uy-joy masalalari, kommunal xizmatlar faoliyati, kadastr, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy yo‘nalishlardagi muammolar ko‘tarildi.
Bildirilgan murojaatlar nazoratga olinib, ularning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishi ta’minlanishi ta’kidlandi.








