Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak uchun muhim qadam
2025-04-19 15:25:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumani “Gulbahor” mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida tumani hokimi Odil Musanov mahalladagi yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlarni o‘ylantirayotgan muammolarni eshitish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda amaliy yechim bo‘ldi.
Yig‘ilish jarayonida yoshlar tomonidan tibbiyot, kredit, moddiy yordam olish kabi 6 ta murojaatlari tinglanib va takliflari ham bilidirib o‘tildi.
Tuman hokimi yoshlar tomonidan ilgari surilgan har bir masalaga alohida e’tibor qaratib, ularga atroflicha javoblar berdi. Shuningdek, yoshlar faolligini oshirish, ularni ijtimoiy loyihalarga keng jalb qilish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
Uchrashuv yakunlarida hokim yoshlarni o‘z ustlarida tinimsiz ishlash, bilim va malaka oshirish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyi bo‘lishga chaqirdi. Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan rahbar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlab, ularning faol ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Arnasoy tumani hokimligi Axborot xizmati






