IJRO INTIZOMI BÖYIÇA HISOBOT
2026-11-02 09:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimligiga 2026-yilning oktabr oyi yakuniga qadar “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tuşgan qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator işlar amalga oşirildi.
Xususan:
Qonunlar, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Farmoyişlari hamda majlis bayonlarida jami 860 ta topşiriq tuman hokimligiga ijro uçun kelib tuşgan. Şundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 852 ta (100%) topşiriqlarning ijrosi töliq va sifatli bajarilgan, qolgan 8 ta topşiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlaş çoralari körilgan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarda 240 ta topşiriq viloyat hokimligiga ijro uçun kelib tuşgan. Şundan 3 ta muddati mavjud bölgan topşiriqlar ijrosi ustidan nazorat qilinib borilmoqda. Ijro muddati yakunlangan 237 ta (100%) topşiriqlarning ijrosi töliq ta’minlangan.
Mas’ul xodimlarning şaxsiy mas’uliyatini oşiriş uçun yil boşidan bugungi kunga qadar Qonunlar, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, Farmoyiş va topşiriqlari ijrosini öz vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizligi oqibatida topşiriq ijrosini keçiktirilişiga sababçi bölgan rahbar va xodimlarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo çoralari qöllanilişi körsatib ötildi. Şu bilan birgalikda mas’ullarga tegişli tartibda ogohlantiriş berildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunçilik hujjatlari va topşiriqlari Viloyat hokimligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda körib çiqilgandan söng nazoratdan yeçilişi inobatga olgan holda, viloyat hokimligida uşbu topşiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajarilişini ta’minlaş maqsadida oldindan ogohlantiriş tizimi yölga qöyilgan.
Şuningdek, har hafta ikki marotaba kelgusi oy yakuniga qadar ijro muddati yetib keladigan topşiriqlar röyxati eslatma sifatida hokim örinbosarlari, maslahatçilari, bölinma rahbarlari va tuman taşkilotlariga yetkazib borilmoqda.
Ijro intizomini kuçaytiriş maqsadida haftaning har duşanba kunlari tuman hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinçi örinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda.
Şu munosabat bilan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topşiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunçilik hujjatlari va topşiriqlari ijrosini ta’minlaş barça rahbarlarning eng muhim va birinçi galdagi vazifasi hisoblanadi. Şu nuqtayi nazardan, viloyat hokimi rahbarligida topşiriqlarning öz vaqtida bajarilişi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinişi doimiy ravişda nazorat qilib borilmoqda.
Tuman hokimligi Ijro intizomi böyiça boş mutaxassisi O.Julbayev
