ARNАSOY TUMANI HOKIMI KUBOGI ĞOLIBLARI MISR SAYOHATIGA KUZATILDI
2026-10-29 10:00:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumanida an’anaga aylanib borayotgan Arnasoy tumani hokimi kubogi tanlovi ğoliblari Misr Arab Respublikasiga sayohatga kuzatildi.
Ğolib öquvçilar ota-onalari, ustozlari va maktab direktorlari hamrohligida safarga yöl oldilar. Ularni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Gulçehra Tojiboyeva, Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov, nuroniylar hamda tuman faollari kuzatib qöydi.
Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida yoşlarning bilim olişi, öz iste’dod va salohiyatini namoyon etişi, zamonaviy kasblarni egallaşi hamda xalqaro miqyosda öz imkoniyatlarini sinab körişi uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Arnasoy tumani hokimi kubogi kabi tanlovlar ham yoşlarni ilm-fanga qiziqtiriş, ularning bilimini rağbatlantiriş va yangi marralar sari ruhlantirişga xizmat qiladi.
Tanlov dastlabki yilda ingliz tili faniga qaratilgan bölsa, joriy yilda matematika fani ham qöşildi. Natijada qariyb 4 ming nafar öquvçi tanlovda iştirok etdi.
Şuningdek, kelgusi yilda kitobxonlik yönalişiga ham alohida e’tibor qaratilib, uşbu yönalişda ham tanlov taşkil etilişi ta’kidlandi.
Yoşlar uçun yaratilayotgan bunday imkoniyatlar ularning bilimli, dunyoqaraşi keng va raqobatbardoş avlod bölib kamol topişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ğolib öquvçilarga oq yöl tilaymiz! Safar taassurotlarga boy bölib, yangi bilim va tajribalar manbaiga aylansin!




