FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA: NAVBATDAGI QABUL O‘TKAZILDI
2026-08-27 17:00:00 / Yangiliklar

Belgilangan jadvalga muvofiq, Arnasoy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shavkat Kenjaboyev tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan jami 2 ta murojaat bildirildi.
Murojaatlar belgilangan tartibda nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

