Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-08-26 10:00:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Umar Anarkulov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, har bir masala atroflicha o‘rganildi hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqildi.
Yakunda, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar hamda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganib, amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

