MEHNAT E’TIBORDA: ILK BO‘LIB SHARTNOMANI BAJARGAN FERMERLAR RAG‘BATLANTIRILDI
2026-06-17 18:00:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumanida “G‘alla–2026” mavsumi doirasida davlatga g‘alla sotish shartnoma majburiyatlarini tumanda birinchilar qatorida to‘liq bajargan 4 nafar fermer xo‘jaligi rahbarlari munosib rag‘batlantirildi.
Tuman hokimi Odil Musanov tomonidan ilg‘or fermerlarga tantanali ravishda tashakkurnomalar topshirildi hamda ularning fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.
Shuningdek, g‘alla yetishtirishdagi samarali faoliyati va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlagani uchun ushbu 4 nafar fermerga Xorazm viloyatiga bepul sayohat yo‘llanmasini ham topshirildi.
Mehnat qadrlangan joyda baraka va farovonlik bo‘ladi!








