ARNASOY TUMANIDA BOG‘LAR VA TOKZORLARNI BARPO ETISH BO‘YICHA TAVSIYANOMA
2026-08-07 09:00:00 / Yangiliklar

Ushbu tavsiyanoma Arnasoy tumani tuproq-iqlim sharoitida mevali bog‘lar va tokzorlarni barpo etish, ko‘chatlarni ekish sxemalari, payvandtaglarni tanlash hamda meva va uzum navlarini to‘g‘ri joylashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
1. Ko‘chat ekish uchun maydonni tayyorlash
Kuzda ko‘chat ekish uchun tanlab olingan maydon plantaj plugi bilan 50–60 sm chuqurlikda haydalgan bo‘lishi kerak. Agarda maydon haydalmagan bo‘lsa, bahorda 35–40 sm chuqurlikda haydalib, lazer tekislagichi yordamida tekislanadi. Bu usul Arnasoy tumanida sug‘orish suvidan samarali foydalanish imkonini yaratadi hamda ko‘chat ekish uchun maydonni sifatli tayyorlashga xizmat qiladi.
Ko‘chatlar ekilgandan so‘ng qish mavsumida sho‘r yuvish tadbirlarini o‘z vaqtida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Hosildorlik nafaqat nav, payvandtag va agrotexnika darajasiga, balki daraxtlarning qator oralig‘i hamda ekish zichligiga ham bog‘liq. Daraxtlarning me'yorida joylashtirilishi quyosh nuri va havo almashinuvini yaxshilab, yuqori va sifatli hosil olishga xizmat qiladi.
2. Ko‘chat ekish
Ko‘chat ekish uchun 60×60 sm o‘lchamdagi chuqurlar qaziladi. Chuqurga 8–10 kg chirigan go‘ng, 350–400 g fosforli va 30–40 g kaliyli o‘g‘it unumdor tuproq bilan aralashtirib solinadi.
Ko‘chat ildizi shatmoqqa botirilib ekiladi. Payvand qilingan joy tuproq sathidan 2–3 sm baland bo‘lishi lozim. Ekilgandan so‘ng har bir ko‘chat tagiga yetarli miqdorda suv quyilib, tuproq zichlashtiriladi.
3. Ko‘chatlarni parvarishlash
Vegetatsiya davrida ko‘chat atrofi muntazam yumshatilib, begona o‘tlardan tozalanadi. Arnasoy tumanining qurg‘oqchil iqlimini hisobga olgan holda tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish tavsiya etiladi.
Ko‘chatlarning to‘liq ko‘karishi uchun dastlabki davrda muntazam sug‘orish muhim ahamiyatga ega. Zaruratga qarab vegetatsiya davrida 12–14 martagacha sug‘orish amalga oshiriladi.
Yosh bog‘larda kasallik va zararkunandalarga qarshi profilaktik choralar o‘z vaqtida bajarilishi lozim.
4. Tomchilatib sug‘orishning afzalliklari
Tomchilatib sug‘orish suvni bevosita o‘simlik ildiziga yetkazib berib, namlikni bir me'yorda ushlab turadi. Bu usul suv sarfini kamaytiradi, o‘simlikni stress holatlaridan himoya qiladi hamda Arnasoy tumanida suv resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi.
5. Daraxtlarga shakl berish
Urug‘li mevali daraxtlarga kuzda, danakli mevali daraxtlarga esa erta bahorda shakl berish tavsiya etiladi.
Intensiv bog‘larda pakana payvandtagli ko‘chatlar 60 sm balandlikdan kesilib, asosiy lider novda qoldiriladi. Kerbovka, chilpish va shoxlarni 90° burchak ostida bog‘lash usullari qo‘llanilib, daraxtning to‘g‘ri shakllanishi ta'minlanadi.
6. Temir-beton ustunlar va simbag‘az o‘rnatish
Intensiv bog‘larda birinchi yildanoq temir-beton ustunlar o‘rnatilib, simbag‘az tortiladi. Bu daraxtlarning tik va sog‘lom o‘sishi hamda parvarish ishlarini yengillashtiradi.
7. Ko‘chatlarni simbag‘azga bog‘lash
Olma va nok bog‘larida simbag‘az tortilgandan so‘ng novdalar simlarga bog‘lanadi. Bu daraxtning to‘g‘ri rivojlanishi va yuqori hosildorlikni ta'minlaydi.
8. O‘g‘itlash
Yosh ko‘chatlarga aprel oyining ikkinchi yarmida 100–120 g azotli o‘g‘it beriladi. Iyun oyida shu miqdorda ikkinchi oziqlantirish amalga oshiriladi.
Tomchilatib sug‘orish tizimi mavjud bog‘larda mineral o‘g‘itlarni suv bilan birga berish tavsiya etiladi.
Bog‘ning birinchi va ikkinchi yillarida qator oralari sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari bilan band qilinishi mumkin. Uchinchi yildan boshlab bunday ekinlarni ekish tavsiya etilmaydi.
Oktyabr–noyabr oylarida qator oralari yumshatilib, begona o‘tlar tozalanadi. Kuz mavsumida gektariga 90 kg fosforli, 45 kg kaliyli hamda 10 tonna organik o‘g‘it solish tavsiya etiladi.
Yangi barpo etilgan intensiv bog‘lar ikkinchi yildan boshlab hosil bera boshlaydi, 4–5-yillarda esa to‘liq hosildorlikka erishadi.
Arnasoy tumanining tuproq-iqlim sharoitiga mos meva va uzum navlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalar.
|
T\r |
Ekin turi |
Nav nomi |
Payvantag turi |
Ekish sxemasi (m) |
Ko‘chatlar soni (1 ga dona) |
|
1 |
Olma |
Starkrimson |
M-IX |
3×1,5 3x2 |
2222 1666 |
|
MM-106 |
5x4 5x3,5 |
500 570 |
|||
|
Golden Delishes |
M-IX |
3×1,5 3x2 |
2222 1666 |
||
|
MM-106 |
5x4 5x3,5 |
500 570 |
|||
|
Borovinka Tashkentskaya |
M-IX |
3×1,5 4x1,5 |
2222 1666 |
||
|
MM-106 |
5x4 5x3,5 |
500 570 |
|||
|
Renet Simirenko |
M-IX |
4×1,5 3,5x2 |
1666 1428 |
||
|
MM-106 |
5x4 5x3,5 |
500 570 |
|||
|
2 |
Nok |
Sari guzal |
BA-29 |
5×3 |
666 |
|
Ayva-A |
4×3 |
833 |
|||
|
Lesnaya krasavitsa |
BA-29 |
5×3 |
666 |
||
|
Ayva-A |
4×3 |
833 |
|||
|
Kulola |
BA-29 |
5×3 |
666 |
||
|
Ayva-A |
4×3 |
833 |
|||
|
3 |
Behi |
Izobilnaya |
BA-29, |
5x4 |
833 |
|
Ayva-A |
4x3 |
666 |
|||
|
Mushk bexi |
BA-29, |
5x4 |
833 |
||
|
Ayva-A |
4x3 |
666 |
|||
|
4 |
Gilos |
Revershon |
Krimskiy-5 |
5×4 |
500 |
|
Bahor |
Krimskiy-5 |
5x4 |
500 |
||
|
Drogana jyoltaya |
Krimskiy-5 |
5x4 |
500 |
||
|
5 |
Shaftoli |
Lola |
GF-677 |
4x2 4x3 |
1250 833 |
|
Elberta |
GF-677 |
4x3 |
833 |
||
|
6 |
O‘rik |
Yubileniy Navoiy |
Mirabo-lano |
5x4 |
500 |
|
Subxoni |
Mirabo-lano |
5x4 |
500 |
||
|
7 |
Olxo‘ri |
Ispolinskaya |
Mirabo-lano |
5x4 |
500 |
|
Berton |
Mirabo-lano |
5x4 |
500 |
||
|
8 |
Anor |
Achchiq-dona |
|
4x2 |
1250 |
|
Kazake-anor |
|
4x2 |
1250 |
||
|
9 |
Uzumning xo‘raki navlari |
Toyfi rozoviy |
- |
3×2,5 |
1333 |
|
Husayni belыy |
- |
3×2,5 |
1333 |
|
10 |
Uzumning kishmish-bop navlari |
Qora kishmish |
- |
3×2,5 |
1333 |
|
Oq kishmish |
|
3×2,5 |
1333 |
||
|
11 |
Uzumning sharobbop navlari |
Rkatsiteli |
|
3×2 |
1666 |
|
Kuldjin-skiy |
|
3×2 |
1666 |
||
|
Saperavi |
- |
3×2 |
1666 |
||
|
Muskat Vengerskiy |
- |
3×2 |
1666 |
