Arnasoy tumani “Baxtli” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-25 16:30:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumani “Baxtli” mahallasida tuman hokimi Odil Musanov hamda tuman prokurori Ikrom Begashev ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, bandlik, moddiy yordam hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Murojaatlar mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi muammolarini tinglash, ularga amaliy yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
