ARNASOY TUMANI HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2026-03-28 18:00:00 / Yangiliklar
Arnasoy tumani hokimligi xalq oldidagi mas’uliyat va hisobdorlik tuyg‘usini to‘liq anglagan holda har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Tuman hokimligiga 2026-yilning mart oyi yakuniga qadar “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan:
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Farmoyishlari hamda majlis bayonlarida jami 183 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 180 ta (98.4%) topshiriqlarning ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 3 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash choralari ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarda 210 ta topshiriq viloyat hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan 27 ta muddati mavjud bo‘lgan topshiriqlar ijrosi ustidan nazorat qilinib borilmoqda. Ijro muddati yakunlangan 183 ta (100%) topshiriqlarning ijrosi to‘liq ta’minlangan; mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun yil boshidan bugungi kunga qadar Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyasizligi oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan rahbar va xodimlarga nisbatan qat’iy intizomiy jazo choralari qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tildi. Shu bilan birgalikda mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Viloyat xokimligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng nazoratdan yechilishi inobatga olgan holda, viloyat hokimligida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, har hafta ikki marotaba kelgusi oy yakuniga qadar ijro muddati yetib keladigan topshiriqlar ro‘yxati eslatma sifatida hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilari, bo‘linma rahbarlari va tuman tashkilotlariga yetkazib borilmoqda.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari tuman hokimi rahbarligida, haftaning har juma kunlari hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, viloyat hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Tuman hokimligi Ijro intizomi bo‘yicha bosh mutaxassisi
