PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI! Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-03-26 18:00:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumanida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilangan topshiriqqa muvofiq yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Musiqa va san’at maktabi binosida Jizzax viloyati IIB boshlig‘i general-mayor G‘ayrat Qodirov hamda Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tumanning G‘oliblar, G‘. G‘ulom, Bobur va Oltin vodiy mahallalari yoshlari qatnashdi.
Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boshlash, kredit va imtiyozlardan foydalanish, yer ajratish, ish bilan ta’minlash, ta’lim olish hamda xorijda o‘qish imkoniyatlari yuzasidan murojaatlar va takliflar bildirildi. Shuningdek, boshqa ijtimoiy masalalar ham ko‘tarildi.
Har bir murojaat mas’ullar tomonidan atroflicha tinglanib, tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar ijroga qaratildi.
Ta’kidlanganidek, yoshlarning muammo va takliflarini o‘z vaqtida hal etish, ularning bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasidagi bunday uchrashuvlar izchil davom ettiriladi.



