Arnasoy tumanida xorijiy investorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-12-23 18:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida xitoylik tadbirkorlar tomonidan tuman hududida tomchilatib sug‘orish usulida paxta yetishtirish hamda paxtani qayta ishlash zavodini barpo etishga oid takliflar bildirildi.
Shuningdek, kelgusida Xitoy agrotexnologiyasi asosida paxta ekinlariga zira qo‘shib ekish (aralash ekish) tajribasini keng joriy etish bo‘yicha kelishib olindi. Mazkur usul yer unumdorligini saqlash, qo‘shimcha daromad manbaini yaratish va agrar samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Mazkur loyihalar qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tuman hokimi Odil Musanov investorlarning taklif va mulohazalarini diqqat bilan tinglab, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. Uchrashuv yakunida mehmonlarga taklif va istaklariga muvofiq ravishda tumanimizdagi mavjud imkoniyatlar hamda investitsiya salohiyati bilan yaqindan tanishib chiqish taklif etildi.
Xitoylik tadbirkorlar Arnasoy tumanining imkoniyatlari bilan tanishgandan so‘ng, masalalarni yanada atroflicha muhokama qilish maqsadida takroran uchrashib, hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.





