Tuman hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi
2025-12-22 18:00:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov tumanning Choʻlquvar va Tinchlik mahallalarida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi. Unda tuman prokurori hamda Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi ishtirok etib, aholi bilan ochiq muloqot olib borildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy soha, bandlik va mehnat munosabatlari, kommunal xizmatlar, yoʻl-taʼmirlash va obodonlashtirish, yer va kadastr, uy-joy masalalari, sogʻliqni saqlash, taʼlim, shuningdek huquqni muhofaza qilish sohalariga oid murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan har bir murojaat yuzasidan masʼul tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan murojaatlar belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi uchun nazoratga olindi.







