Xavfsiz kibermakon oyligi — profilaktika ishlari davom etmoqda
2025-11-27 18:00:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Jasur Karimov tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida kiberjinoyatlarning oldini olish borasida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarning internetdagi xavfsizligi, zararli havolalar, yolgʻon saytlardan himoyalanish, shaxsiy maʼlumotlarni asrash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Yigʻilish yakunida aholiga kiber xurujlardan himoyalanish bo‘yicha tarqatma materiallar ulashildi.
Xavfsiz kibermakon — barchamiz uchun!


