ARNASOYGA ZARAFSHON DARYOSIDAN ICHIMLIK SUVI KELTIRILMOQDA
2025-11-03 09:00:00 / Yangiliklar
Arnasoy tumani hokimi Odil Musanov tuman markaziga Zarafshon daryosidan keltirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ining qurilish ishlari bilan tanishdi.

Loyiha doirasida aholini toza va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida yangi quvurlar o‘rnatilib, zamonaviy nasos stansiyalari jihozlanmoqda.
Ichimlik suvi tarmog‘ining qurilish-montaj ishlari qisqa fursatlarda yakunlanib, yangi tarmoq Arnasoy tumani ichimlik suvi markaziga ulanadi.
Natijada aholiga ichimlik suvi yetkazib berish jarayonida tumanning elektr energiyasi uchun xarajatlari kamayishi bilan birga, aholi iste’mol qilayotgan suv tarkibining qattiqlik darajasi yaxshilanadi.
Bu esa aholi salomatligini saqlash va turmush sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


