XALQARO ALOQALAR (2025-yil yakunlari)
XALQARO ALOQALAR
(2025-yil yakunlari)
Arxivlar rahbar va xodimlarining xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan konferensiyalar, simpoziumlar, taqdimotlar va oʻquv kurslarida ishtirok etishlari boʻyicha xizmat safarlarini tashkillashtirish:
1) “Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis D.Dadayeva, direktorning Matbuot kotibi A.Aliyev va O‘zbekiston Ilmiy-tenika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori A.Maxkamov 2025-yil 27-fevralda Butunrossiya hujjatlashtirish va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning “2024-yilda VNIIDAD tadqiqot faoliyati natijalari” hisobot konferensiyasida videokonferensaloqa texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etdilar. VNIIDAD xodimlari 2024-yilda Federal arxiv agentligi (Rosarxiv)ning davlat topshirig‘i asosida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qildilar va ishtirokchilarning savollariga javob berganlar.
2) Rossiya Federatsiyasidagi “Proxorovskoye Pole” davlat harbiy-tarixiy muzey-qo‘riqxonasi tomonidan 2025 yil 14-15 mayda o‘tkazilgan “Актуальные вопросы научного исследования Великой Отечественной войны: к 80-летию Великой победы” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda onlayn shaklda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi katta ilmiy xodimi D.Kim “Одна на всех! - вклад советских республик в Победу. Изучение вклада Узбекистана в победу под Курском на основе фотодокументов” mavzusidagi maqolasi bilan ishtirok etgan.
3) 2025-yil 14-maydan 17-maygacha Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Central Asia: Fan, ta‘lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVIII xalqaro konferensiyada “O‘zarxiv” agentligi va tizimdagi tashkilotlardan jami 20 nafar xodim, shu jumladan onlayn shaklda o‘z maqolalari va taqdimotlari bilan ishtirok etganlar.
4) 2025-yil 2-7-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida MDH ishtirokchi - davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining navbatdagi XXI Maslahat kengashi yigʻilishi va uning doirasida Butunrossiya hujjatlashtirish va arxivshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti (VNIIDAD)ning “Real virtual: raqamli asrdagi hujjatli meros” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etish maqsadida “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi direktori A.Maxkamov) xizmat safarida boʻlgan.
5) 2025-yil 9-13-iyun kunlari “Arxivlarni raqamli transformatsiyalash va hujjatli merosni saqlash” mavzusida Ostona shahrida an’anaviy oʻtkazilgan “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VIII malaka oshirish xalqaro dasturida ishtirok etish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi delegatsiyasi (jumladan, delegatsiya rahbari - “Oʻzarxiv” agentligi Xalqaro aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassis D.Dadayeva hamda xalqaro dastur tinglovchisi - O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Hujjatlardan foydalanish bo‘limi arxivchisi D.Salaxetdinova) xizmat safarida bo‘lgan.
6) Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining taklifiga muvofiq, KOICA tomonidan 2025-yil 29-iyun - 10-iyul kunlari o‘tkazilgan “Raqamli hujjatlarni boshqarishda jamoatchilik salohiyatini oshirish” mavzusidagi navbatdagi qisqa muddatli xalqaro dasturida ishtirok etish uchun “O‘zarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, O‘zbekiston Milliy arxivi ilmiy xodimi Sh.Srojidinov) Koreya Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
7) Ozarbayjon Respublikasi Milliy arxiv boshqarmasi boshlig‘i A.Rasulovning taklifiga muvofiq, 2025-yil 29-yanvarda Anqara shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha Kompleks tadbirlar dasturi”ning 34-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 15-19-iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida “O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari arxiv foto hujjatlarida” kitob-albomining taqdimoti va “O‘zbekiston va Ozarbayjon - ikki qardosh xalq” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasini o‘tkazish hamda Ozarbayjon davlat arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish uchun “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, direktorning Matbuot kotibi A.Aliyev) xizmat safarida boʻldi.
8) Qozog‘iston Respublikasi Nazarboyev Universiteti taklifi bilan mazkur Universitet tomonidan Ostona shahrida 2025-yil 20-22-avgust kunlari oʻtkazilgan “Markaziy Osiyoning yangi transmilliy/transimperial tarixlari sari: manbalar, yo‘nalishlar, talqinlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, falsafa doktori (PhD) N.M. Mirzayevning xizmat safarida bo‘ldi. Xalqaro ilmiy anjumanda “O‘zbеkiston Milliy arxivdan YuNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturiga kiritilgan fondlar va ularning global ilmiy ahamiyati” mavzusida ilmiy ma’ruza bilan ishtirok etish, YuNЕSKO xalqaro nufuzli tashkilot bilan respublikamizagi koʻplab tashkilotlarning yaqindan olib borayotgan hamkorligi tarixi, tegishli soha mutaxassislari bilan tajriba almashish hamda O‘zbеkiston Milliy arxivining bu yoʻnalishdagi Yangi Oʻzbekiston davrida qoʻlga kiritgan yutuqlari va ishlari bilan xalqaro ilmiy jamoatchilikni xabardor qilishdan iborat boʻldi.
9) 2025-yil 2-4-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk shahrida Sovet Ittifoqining Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabasining 80-yilligiga bag‘ishlangan “Yelepov o‘qishlari: G‘alabaning Sibir arsenali: kitob, madaniyat, Ulug‘ Vatan urushi davridagi vatanparvarlik harakati” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda hamkor tashkilotchi sifatida ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, direktorning Matbuot kotibi A.Aliyev) xizmat safarida boʻldi. Tashrifning asosiy maqsadi – Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruzalar bilan ishtirok etish, soha mutaxassislari va ekspertlari bilan tajriba almashish, “Rossiya Fanlar akademiyasi Davlat jamoat ilmiy-texnik kutubxonasi Sibir bo‘linmasi” Federal davlat budjet ilmiy muassasasiga tashrif uyushtirish va faoliyati bilan yaqindan tanishish, kelgusida oʻzaro tajriba almashish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish bo‘ldi.
10) 2025-yil 17-19-sentabr kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida o‘tkazilgan “KAZAN DIGITAL WEEK-2025” Xalqaro forumida ishtirok etish hamda “Shajara” (Genealogiya) loyihasini amalga oshirish va sun’iy intellektdan foydalanish tizimlari bilan tanishish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish uchun “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, Agentlik direktorining Axborot xavfsizligi va raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Yaminov, Axborot texnologiyalari va arxiv xizmatlarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i v.b. A.Ziyatdinov) xizmat safarida bo‘ldi. Tashrifning asosiy maqsadi – Xalqaro forum sho‘basida ma’ruza bilan ishtirok etish, forum ko‘rgazmasiga tashrif buyurish, “Shajara” (Genealogiya) loyihasini amalga oshirish va sun’iy intellektdan foydalanish tizimlari bilan tanishish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish, hamkorlikda qo‘shma tadbirlarni tashkil etish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish, Tatariston Respublikasining yetakchi universitetlarining ilmiy va ta’lim markazlari, texnoparklar va Qozon shahridagi namunali davlat arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish bo‘ldi.
11) Ostona shahrida 2025-yil 18-19-sentabr kunlari oʻtkazilgan Ostona davlat arxivining 30 yilligiga bagʻishlangan “ASTANA ARCHIVE FEST” Xalqaro forumida ishtirok etish uchun “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi Fondlar bosh saqlovchisi U.A. Akramova xizmat safarida bo‘ldi. Tashrifning asosiy maqsadi – Xalqaro forum dasturi doirasida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ma’ruza bilan ishtirok etish, davra suhbatida ishtirok etish, Ostona davlat arxivi faoliyati bilan tanishishdan iborat boʻldi.
12) Kareliya Respublikasi Milliy arxivi tomonidan 2025-yil 25-26-sentabr kunlari Petrozavodsk sh.da o‘tkazilgan “Arxivlar va genealogiya” VIII Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Milliy arxivi Rejalashtirish va tashkiliy-uslubiy ishlar bo‘limi mudiri M.S. Shoraxbarova masofadan turib (video-murojaat shaklida) ishtirok etdi.
13) 2025-yil 27-30-oktabr kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan ICA Barselona Kongressi-2025 tadbirlarida ishtirok etishni taʼminlash maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Zuhriddinov) xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida arxiv ishi va tegishli soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilish, malakani oshirish uchun bir qator amaliy seminarlar va mahorat darslarida ishtirok etildi, xalqaro soha ekspertlari bilan aloqalarni rivojlantirish va ICA hududiy bo‘linmasi yig‘ilishlarida ishtirok etish, qo‘shma tashabbus va loyihalarni rejalashtirish masalalari muhokama etildi.
14) VNIIDAD tomonidan 2025-yil 13-noyabr kuni o‘tkazilgan “Axborot jamiyatida hujjatlashtirish” mavzusidagi XXXI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi doirasida “O‘zarxiv” agentligi vakillari masofadan turib o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
15) Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy saroylar boshqarmasi Vitse-direktori, Simpozium Ijroiya qo‘mitasi raisi, prof. Dr. Ahmet Chapog‘luning tashabbusiga muvofiq, mazkur Boshqarmaning tashkil etilganligining 100-yilligini nishonlash doirasida Turkiya Respublikasining Istanbul sh.dagi Dolmabahche, Topkapi va Yilduz saroylarida 2025-yil 23-27-noyabr kunlari oʻtkazilgan “Milliy saroylarning asri” Xalqaro simpoziumida “Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sh.Sadikov va O‘zbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, PhD N.Mirzayev xizmat safarida bo‘ldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatini takomillashtirishga doir 2022–2026-yillarga moʻljallangan ish rejasi 10-bandiga muvofiq mahalliy tashkilotlar hamda MDH va xorijiy davlatlar arxivlari, muzeylari va ilmiy-amaliy institutlari va idoralari bilan arxiv ishi va ish yuritish sohasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi (2025-yil 13-15-yanvar) doirasida “Oʻzbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish va jihozlash” grant loyihasi asosida “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida grant mablagʻlarini jalb etish toʻgʻrisidagi Kelishuv” imzolangan.
2) Videokonferens-aloqa shaklida 2025-yil 3-aprel kuni “Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarixi arxivi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusidagi ko‘chma ko‘rgazmani o‘tkazish va “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining jasorati” mavzusidagi arxiv hujjatlari to‘plamini nashrga tayyorlash bo‘yicha 2025-2026-yillar uchun Chora-tadbirlar rejasi” imzolangan.
3) 2025-yil 20-22-may kunlari Samarqand shahriga Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) raisi G.Z.Gabdrahmanova boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi hamda 21-mayda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi (2025-2027-yillar uchun)” imzolangan.
5) 2025-yil 22-25-sentabr kunlari Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti direktori O.L. Voinov boshchiligidagi delegatsiyasiya (jumladan, “Belarus hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti” muassasasi direktori A.Ye. Ribakov, “Belarus kinofotofono hujjatlari davlat arxivi” muassasasi direktori A.N. Gonchar)ning Toshkent shahriga tashrifi amalga oshirildi. O.Voinov “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupovga Buyuk Vatan urushi yillarida Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi hududidagi O‘zbekistonlik partizanlar harakati ishtirokchilariga oid hujjatlar nusxasi, “История Великой победы” nomli kinohujjatlar diskini arxiv muassasasi saqloviga qabul qilish uchun topshirdi. 23-sentabr kuni xorijiy delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Milliy arxiviga amaliy tashrifi amalga oshirildi hamda “Belarus Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi arxiv muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Qo‘shma harakatlar rejasi (2025-2027-yillar uchun)” tantanali ravishda imzolangan.
6) O‘zbekiston Milliy arxivida 2025-yil 15-oktabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va O‘zbekistonda “Birodar shaharlar alyansi” oʻrtasidagi hamkorlik Memorandumi” imzolangan. Mazkur hujjatga muvofiq, Ishtirokchilar birodar shaharlar, muzeylar, arxivlar oʻrtasidagi hamkorlikni hamda ilmiy-tadqiqot va madaniy munosabatlarni yanada rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat tashkilotlari ishtirokida arxiv tadbirlari va muzeylar bilan bogʻliq faoliyatlarni tashkil qilish bo‘yicha qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishlari belgilangan.
7) 2025-yil 31-oktabrda O‘zbekiston Milliy arxivi binosida “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik Memorandumi” imzolangan.
Mahalliy hamkor tashkilotlar va xorijiy muassasalar vakillarini qabul qilish hamda tashriflarini tashkillashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish:
Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanish faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish tartibini, foydalanuvchining huquq va majburiyatlarini, shuningdek, davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlarini taqdim etish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxivlari oʻquv zallarida foydalanuvchilarning arxiv hujjatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” qoidalariga asosan 2025-yilda Agentlik tomonidan AQSh, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Chexiya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasidan boʻlgan 71 ta xorijiy tadqiqotchilarga Oʻzbekiston milliy arxivlari, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari davlat arxivlari, Qo‘qon shahar davlat arxivi hamda Toshkent shahar Markaziy davlat arxivi oʻquv zallariga tashrif buyurishlari uchun oʻrnatilgan tartibda ruxsat berilgan.
Tashriflar:
1) Qozog‘iston Respublikasi “Qizilo‘rda viloyati madaniyat, arxivlar va hujjatlashtirish boshqarmasi” KDM rahbari M.Kazbekovaning taklifiga muvofiq, M.Kazbekova va Oʻzbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova oʻrtasida 2025-yil 20-fevralda Oʻzbekiston Milliy arxivida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida arxiv ishi va ish yuritish, hujjatlarni jamlash, hisobini olib borish, saqlovini ta’minlash va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘zaro fikrlar almashildi. Shuningdek, mazkur uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Milliy arxivi ko‘rgazmalar zalida “Qizilo‘rda arxivlarida o‘zbek xalqi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan qo‘shma arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi namoyish etilgan.
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-11-son Qaroriga muvofiq, 2025-yil 5-9-aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga Namibiya Milliy kengashidan tashrif buyurgan (jami - 8 kishi) delegatsiya vakillari “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov va direktor o‘rinbosari Sh.Sadikov hamrohligida (Geologiya fanlari universiteti va “Asakabank” AJ vakillari bilan kelishilgan holda) Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan kunlar va vaqtda o‘rnatilgan tartibda kutib olindi, mehmonxonalar (“Novza Palace Hotel”, “Lakeside Hotel” va “Reikartz Amirun Hotel”)ga joylashtirildi, Assambleya doirasidagi rasmiy (Kongress Holl), madaniy (Toshkent muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Geologiya muzeyi) va boshqa tadbirlarda doimiy hamrohlik qilingan.
3) Tojikiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Aziz va “Oʻzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Mirtalibovich bilan 2025-yil 8-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Tojikiston arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini Tojikiston arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rilgan.
4) Qirg‘iz Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchi Chotonov Duyshenkul Tezekbayevich va “Oʻzarxiv” agentligi direktori Yusupov Ulugʻbek Mirtalibovich bilan 2025-yil 9-aprelda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Qirg‘iz davlat arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ikki qardosh xalqlar tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini har ikki davlat arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rilgan.
5) 2025-yil 10-aprelda “Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston Milliy arxivi, Shveysariyaning Friburg universiteti va Chirchiq davlat pedagogika universiteti, shuningdek, Shveysariya milliy ilmiy fondi va Qutb instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Milliy arxivi majlislar zalida “Geograf olim N.L.Korjenevskiyning Pomirga birinchi sayohatlari (1903-1914-yy.)” nomli ekspeditsiya kundaligi va shaxsiy hujjatlarini Oʻzbekiston Milliy arxivi davlat saqloviga tantanali topshirish marosimini o‘tkazildi. O‘z navbatda, mazkur tadbirda Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi xodimlari, xorijiy va mahalliy tarixchi-olimlar, arxivchilar va ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etganlar.
6) 2025-yil 29-yanvarda Anqara shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligini nishonlash bo‘yicha Kompleks tadbirlar dasturi”ning 34-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 23-26-aprel kunlari Buxoro shahrida “O‘zbekiston-Ozarbayjon aloqalari arxiv foto hujjatlarida” kitob-albomining taqdimoti va “O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki qardosh xalq” mavzusidagi qo‘shma arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi oʻtkazilgan.
7) 2025-yil 3-aprel kuni videokonferens-aloqa shaklida imzolangan “Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarixi arxivi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusidagi ko‘chma banner ko‘rgazmasini o‘tkazish va “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining jasorati” mavzusidagi arxiv hujjatlari to‘plamini nashrga tayyorlash bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi (2025-2026-yillar uchun)”ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 13-17-may kunlari Toshkent shahriga Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarixi arxivi delegatsiyasining tashrifi amalga oshirildi hamda 14-mayda “O‘zbekistonlik mehnat armiyachilarining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati” mavzusidagi qo‘shma ko‘rgazma oʻtkazilgan.
8) 2025-yil 20-22-may kunlari Samarqand shahriga Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) raisi G.Z.Gabdrahmanova boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi amalga oshirildi hamda 21-mayda “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hamda Tatariston Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi (Rossiya Federatsiyasi) o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Chora-tadbirlar rejasi (2025-2027-yillar uchun)” imzolangan.
9) Adliya vazirining 2025-yil 27-yanvardagi “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 24-um-son buyrugʻiga asosan “Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” mavzusidagi Forum 2025-yil 29-30-may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazildi. Ushbu Forumga tashrif buyurgan nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, xalqaro ekspertlar va olimlar uchun “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “BMT tashkil topganligining 80 yilligi va uning ishidagi O‘zbekiston ishtiroki” mavzusidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan.
10) Germaniyaning “Microbox GmbH” kompaniyasi bosh direktori Stefan (Ulrix Teodor) Velp va “Oʻzarxiv” agentligi direktori bilan 2025-yil 18-iyunda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda “Microbox GmbH” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, jumladan, respublika arxivlariga yetkazib berilgan zamonaviy skaner uskunalari, ularning texnik xususiyatlari va samaradorligi atroflicha muhokama qilingan.
11) AQShdagi Garvard universiteti qoshidagi Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari Devis markazi katta ilmiy xodimi, Markaziy Osiyo dasturi rahbari N.Kassenova va “Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rtasida 2025-yil 12-avgustda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Devis markazi o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari va kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi. Arxiv hujjatlarini har ikki tomonda targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma anjumanlarni tashkil etish va arxiv hujjatlari nashrlarini chop etish, mahorat darslari va treninglar o‘tkazish, tadqiqotchi va olimlarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.
12) 2023-yil 6-dekabrda Ostona shahrida imzolangan “Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Arxivlar, hujjatlashtirish va kitob ishi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha 2023-2026-yillar uchun Amaliy harakatlar rejasi”ning 2-bandi hamda Adliya vazirligi Hay’ati majlisining 2024-yil 5-dekabrdagi 21/24-son bayonnomasi 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Adliya vazirligining 2025-yil I yarim yillikka mo‘ljallangan Ish rejasi”ning 52-bandi ijrosini ta’minlash - qoʻshma tadbirlar tashkil etish (arxiv kunlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, arxiv hujjatlari koʻrgazmalarini oʻtkazish) maqsadida 2025-yil 19-22-avgust kunlari Buxoro shahrida “O‘zbekistonda Qozog‘iston arxivlari kunlari” (Xalqaro tadbir) oʻtkazildi. Xalqaro tadbir doirasida “Oʻzbekiston arxivlarida Qozogʻiston bilan aloqalarga oid arxiv hujjatlari” va “Qozogʻiston arxivlarida Oʻzbekiston bilan aloqalarga oid arxiv hujjatlari” ko‘rgazmalari namoyish etildi. Ko‘rgazmalardan so‘ng yangi nashr etilgan “O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida madaniy hamkorlik arxiv foto hujjatlarida” kitob-albomining taqdimoti hamda “Axborot jamiyatida arxivlar o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yalpi majlisining ochilish marosimi o‘tkazildi. Mazkur xalqaro tadbirlarda “O‘zarxiv” agentligi va tizimdagi O‘zbekiston milliy arxivlari hamda Buxoro viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining masʼul rahbar-xodimlari, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Arxivlar, hujjatlashtirish va kitob ishi qo‘mitasi, tizimdagi davlat arxivlari hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti arxivi mutaxassislari, Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi vakillari, shuningdek, Buxoro davlat universiteti xodimlari, tarixchilar, o‘lkashunoslar, ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdilar.
13) 2025-yil 22-25-sentabr kunlari Belarus Respublikasi Adliya vazirligi Arxivlar va ish yuritish departamenti direktori O.L. Voinov boshchiligidagi delegatsiyasiya (jumladan, “Belarus hujjatlashtirish va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti” muassasasi direktori A.Ye. Ribakov, “Belarus kinofotofono hujjatlari davlat arxivi” muassasasi direktori A.N. Gonchar)ning Toshkent shahriga tashrifi amalga oshirildi. O.Voinov “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupovga Buyuk Vatan urushi yillarida Belarus Sovet Sotsialistik Respublikasi hududidagi O‘zbekistonlik partizanlar harakati ishtirokchilariga oid hujjatlar nusxasi, “История Великой победы” nomli kinohujjatlar diskini arxiv muassasasi saqloviga qabul qilish uchun topshirdi.
14) Arxiv sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish va O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 2025-yil 21-oktabr kuni Oʻzbekiston Milliy arxivida Polsha Respublikasining Muvaqqat ishlar ishonchli vakili M.Pshezdzetski hamrohligidagi Polsha Respublikasi Madaniyat va milliy meros vazirligi davlat kotibi B.Jelasovska boshchiligidagi delegatsiyaning “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov va direktor o‘rinbosari Sh.Sadikov bilan ishchi uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida “O‘zarxiv” agentligi va Polsha arxiv-muzeylari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi arxiv hujjatlarini Polsha arxivlari va muzeylarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlarni tashkil qilish, qo‘shma tadqiqot loyihalarini o‘tkazish hamda arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar kun tartibining asosiy mavzusi sifatida ko‘rildi.
15) Koreya Respublikasining Cheongju shahrida joylashgan YUNESKOning Xalqaro Hujjatli Meros Markazi (ICDH) Bosh kotibi Dr. Yun Myong Choning tashabbusiga muvofiq, Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etish maqsadida respublikamizga tashrifi doirasida O‘zbekistonning hujjatli merosni saqlash va himoya qilish sohasidagi tajribasini kuzatish, raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini o‘rganish va O‘zbekiston Milliy arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida 2025-yil 3-noyabr kuni Oʻzbekiston Milliy arxivida YUNESKO ICDH Bosh kotibi Dr. Yun Myong Cho boshchiligidagi delegatsiyaning “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov bilan ishchi uchrashuvi tashkil etildi.
16) Mo‘g‘uliston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Batbaatar Daadanxuugiyn va “Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov bilan 2025-yil 18-dekabrda Oʻzbekiston Milliy arxivida ishchi uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv chog‘ida 2025-yil 24-iyunda Ulan-Bator shahrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bilan Moʻgʻuliston Adliya va ichki ishlar vazirligi huzuridagi Arxivlar bosh boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik toʻgʻrisida Bayonnoma”da keltirilgan masalalar yuzasidan “O‘zarxiv” agentligi va Mo‘g‘uliston arxivlari o‘rtasida arxiv sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Ikki xalq tarixi va madaniyatini, arxiv hujjatlarini har ikki davlat arxivlarida targ‘ib etish, hujjatlarni raqamlashtirish va nusxalarini o‘zaro almashish, qo‘shma ko‘rgazmalar va nashrlar tashkil etish, arxivlarda tadqiqotchilarga koʻmak koʻrsatish bo‘yicha hamkorlikdagi masalalar muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qaroriga muvofiq arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni monitoringini olib borish va natijalarini tahlil qilish:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil 26-yanvardagi 02-274-son topshirigʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2021-yil 29-yanvardagi 24/1-204-son topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qarori ilovalari bilan tasdiqlangan vakolatli organlar roʻyxatlaridagi 9-bandiga asosan “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan “Arxiv maʼlumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida maʼlumotlarni talab qilish boʻyicha soʻrovlarni joʻnatish va koʻrib chiqish” vazifasi ijrosini taʼminlash boʻyicha 2025-yil I, II, III va IV choraklarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar Adliya vazirligiga taqdim etilgan.
Xalqaro arxivlar kengashi (ICA) faoliyati doirasida ishlarni muvofiqlashtirish:
“Oʻzarxiv” agentligining 2023-yil 14-fevraldagi “Xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallarni oʻz vaqtida toʻlash haqida”gi 15-son buyrug‘i 2.4-bandiga muvofiq, Xalqaro arxivlar kengashi (ICA)ning 2024-yil 4-dekabrdagi A2291_04849/2024-son Invoysiga asosan 2025-yil uchun 701 Evro miqdoridagi aʼzolik badali Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi tomonidan 2025-yil 4-fevral kuni toʻlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro shartnomalar va tashkilotlarga a’zolik bo‘yicha majburiyatlardan kelib chiqadigan badallar hisobini yuritish, monitoringini amalga oshirish va nazorat qilish imkonini beruvchi “badalinfo.imv.uz” axborot tizimiga Xalqaro arxivlar kengashi (ICA) uchun toʻlangan a’zolik badalini tasdiqlovchi hujjatni axborot tizimiga kiritish yuzasidan ishlar amalga oshirildi va choraklik ma’lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligiga taqdim etilgan.
ICA tomonidan #IAW2025 Xalqaro arxivlar kunlari haftaligi doirasida tashkil etilgan onlayn seminar va vebinarlarda ishtirok etilgan va ICA yangiliklari (ICA Newsletter)dan xabardor boʻlingan.
2025-yil 27-30-oktabr kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan ICA Barselona Kongressi-2025 tadbirlarida ishtirok etishni taʼminlash maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov boshchiligidagi delegatsiya (shu jumladan, Andijon viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Zuhriddinov) xizmat safarida bo‘ldi. Safar davomida arxiv ishi va tegishli soha mutaxassislari bilan hamkorlik qilish, malakani oshirish uchun bir qator amaliy seminarlar va mahorat darslarida ishtirok etildi, xalqaro soha ekspertlari bilan aloqalarni rivojlantirish va ICA hududiy bo‘linmasi yig‘ilishlarida ishtirok etish, qo‘shma tashabbus va loyihalarni rejalashtirish masalalari muhokama etildi.
“O‘zarxiv” agentligi direktori boshchiligidagi delegatsiyaning 2025-yil 27-31-oktabr kunlari “ICA Barselona Kongressi-2025” tadbirlarida ishtirok etish uchun Ispaniyaga amalga oshirilgan tashrifi doirasida o‘rganilgan ijobiy tajribani amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha 2025-yil 10-noyabrda tegishli “Yo‘l xaritasi” tasdqilangan bo‘lib, mazkur hujjatning 1-bandiga muvofiq, 2025-yil 11-noyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi va AQShning “FamilySearch” nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida onlayn shaklda ishchi muzokaralari o‘tkazildi. Uchrashuv davomida “FamilySearch” NNT arxiv hujjatlarini raqamlashtirishda hamda “Shajara loyihasi”ni amalga oshirishda o‘z tajribasi, texnologiyalari va moliyaviy ko‘magi bilan yordam berishga tayyorligini bildirdi.
