Savollar va Javoblar
1-Savol:
Men tashkilotning arxivariusi lavozimida mehnat qilib kelaman, men ushbu tashkilotda shakllangan saqlash muddati tugagan hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish vakolatim bormi.
Javob: Ha, vakolatingiz bor, biroq bunda sharti mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Arxivlar mutaxassislarining tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtib, belgilangan namunadagi Kasbiy kompetentlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgandan soʻng hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish vakolatingiz boʻladi.
2-Savol:
Men faoliyat yuritib kelayotgan tashkilot tugatilmoqda. Tashkilotda shakllangan arxiv hujjatlarini tegishli davlat arxivga topshirdik. Biroq, mazkur arxiv tomonidan tashkilotning maxfiy hujjatlarini qabul qilishda, ushbu hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish nuqtayi nazaridan koʻrib chiqish talab qoʻyilmoqda. Ushbu talab toʻgʻrimi.
Javob:
Xa, albatta, bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab boʻlib, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi oʻn uchinchi xatboshida idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtayi nazaridan koʻrib chiqilgandan soʻng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topshirilishi belgilangan.
3-Savol: Arxiv sohasiga oid savollar yoki shikoyat boʻlsa qayerga murojaat qilish mumkin?
Javob: Xozirgi kunda Arxiv sohasiga oid savollar va arxiv boʻyicha shikoyatlarni qabul qilish uchun “Oʻzarxiv” agentligining Idoraviy aloqa markazi (ishonch telefoni) (55) 503-01-50 tashkil etilgan.
4-Savol: Men Xakimova Lobar Nafaqaga chiqishim kerak, 30 yil davlat tashkilotlarida ishlaganman, lekin mexnat daftarchamni yoʻqotib qoʻydim qayerga murojaat qilsam boʻladi?
Javob: Hurmatli fuqaro xozirda “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari (DXM) da Yaroqsiz holatga kelgan yoki yoʻqotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash xizmati ishga tushirilgan boʻlib Siz oʻzingizga qulay boʻlgan Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali murojaat qilishingiz mumkin.
5-Savol: Arxivdan oʻzimga tegishli boʻlgan yer qarori boʻyicha maʼlumotlarni olishim kerak lekin ijro etish muddati 20 ish kuni ekan. Ushbu qarorni 20 ish kunidan ertaroq olsam boʻladimi va bunga qoʻshimcha pul toʻlanadimi?
Javob: Hurmatli fuqaro xozirda Davlat xizmatlari markazlari (DXM) da Mavzuli soʻrovlarni tezlashtirish xizmati ishga tushgan boʻlib ushbu hizmat toʻlov asosida bajariladi.
6-Savol: Biz uyimizni kadastr qildirish uchun arxivdan malumotnomasini davlat xizmatlari markazidan oldik, lekin malumotnomani notariusdan qaytarishdi, malumotnomada otamni nomlariga ajratilgan yer qarori yozilgan, ism familyalari bor lekin otamni shariflari yozilmagan, arxivga murojaat qilsak malumotnomaga shariflarini kiritsa boʻladimi?
Javob: VMning 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori 1-ilovasi 133. Arxiv maʼlumotnomasidagi matn hodisalarning xronologik ketma-ketligi boʻyicha, arxiv hujjatlarining turlarini va ularning sanalarini koʻrsatgan holda beriladi. Arxiv maʼlumotnomasida arxiv hujjatlaridan iqtibos keltirishga ruxsat etiladi.
Agar boshqa maʼlumotlarning mos kelishi shaxs va faktlarning arxiv hujjatlarida koʻrsatilganlariga mos kelishiga shubha uygʻotmasa soʻrovda bayon etilgan maʼlumotlar bilan arxiv hujjatlaridagi maʼlumotlarning mos kelmasligi ularni arxiv maʼlumotnomasiga kiritishga toʻsqinlik qilmaydi. Arxiv maʼlumotnomasida bu maʼlumotlar arxiv hujjatlarida qanday keltirilgan boʻlsa xuddi shunday yoziladi, mos kelmagan, aniq boʻlmagan nomlar, ismi, familiyasi va otasining ismi koʻrsatilmaganligi yoki ulardan faqat birining borligi maʼlumotnomadagi matnda qavsda koʻrsatiladi (“Hujjatda shunday”, “Matnning asl nusxasida shunday”).
...
Arxiv maʼlumotnomasi matniga oʻzgartirishlar, tuzatishlar, sharhlar, arxiv maʼlumotnomasini tuzishga asos boʻlgan arxiv hujjatlari mazmuni boʻyicha ijrochining shaxsiy xulosalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7-Savol: Davlat arxivlari oʻquv zallaridan foydalanishlari uchun tartib qanday?
Javob: Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan:
Unga koʻra:
Davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga koʻra endilikda mazkur davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi;
Davlat xizmatidan foydalanish uchun Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi yoki ishonchli vakili kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YAIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi yoki ishonchli vakili davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Arxiv hujjatlaridan tashkilotning rejaga muvofiq xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy. Taʼlim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarini yoki xodimning xizmat vazifalarini bajarish maqsadida foydalanishda soʻrovnomaga mazkur tashkilotning rasmiy xati nusxasi ilova qilinishi lozim.
Arza beruvchi tomonidan soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi. Faqat YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda soʻrovnomani yagona identifikatsiya tizimi (One ID) orqali tasdiqlash talab etiladi.
Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi (arxiv hujjatlaridan nusxa olish va boshqa pullik arxiv xizmatlari bundan mustasno).
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YAIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
Davlat arxivi soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan foydalanish boʻyicha ruxsatnomalar uchun — 1 ish kunida QR-kodli ruxsatnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YAIDXP orqali elektron shaklda bir yil muddatga foydalanish uchun yuboradi.Bular haqida Davlat xizmatlari markazlarini elektron tarzda xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchiga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabar beradi.
Ruxsatnoma bir yil muddatga foydalanish uchun amal qiladi
8-Savol: Men tashkilotning arxivariusi lavozimida mehnat qilib kelaman, men ushbu tashkilotda shakllangan saqlash muddati tugagan hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish vakolatim bormi?
Javob: Ha, vakolatingiz bor, biroq bunda sharti mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan Arxivlar mutaxassislarining Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Arxivlar mutaxassislarining tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtib, belgilangan namunadagi Kasbiy kompetentlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgandan soʻng hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish vakolatingiz boʻladi.
9-Savol: Men faoliyat yuritib kelayotgan tashkilot tugatilmoqda. Tashkilotda shakllangan arxiv hujjatlarini tegishli davlat arxivga topshirdik. Biroq, mazkur arxiv tomonidan tashkilotning maxfiy hujjatlarini qabul qilishda, ushbu hujjatlarni maxfiylikdan chiqarish nuqtayi nazaridan koʻrib chiqish talab qoʻyilmoqda. Ushbu talab toʻgʻrimi?
Javob: Xa, albatta, bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab boʻlib, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandi oʻn uchinchi xatboshida idoraviy saqlov muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtayi nazaridan koʻrib chiqilgandan soʻng davlat arxivi saqloviga belgilangan tartibda topshirilishi belgilangan.
- Arxivga elektron shaklda murojaat qilish mumkinmi?
- Ha albatta, arxivga elektron murojaat qilish mumkin. Jismoniy va yuridik shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida my.gov.uz, my.archive.uz portali va uzarchive@archive.uz saytlari orqali doimiy ishlashi yoʻlga qoʻyilgan va mazkur saytlar nazorati muntazam ravishda olib boriladi.
- Qaysi yoʻnalishdagi hujjatlarni onlayn beriladi va aksincha?
- Arxivlar faoliyati, arxiv sohasida qabul qilingan meyoriy uslubiy hujjatlar, arxiv sohasidagi yangiliklar, arxiv bilan bogʻlanish raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uzarchive@archive.uz saaytiga joylashtirilgan.
12-Savol: Arxiv hujjatlarini olish toʻlovi necha pul?
Javob: Arxiv hujjatlardan foydalanish turi va mazmuni, hajmi, davriyliga qarab “Oʻzarxiv” agentligi buyrugʻi bilan tasdiqlangan yagona narxnoma asosida beriladi. Shu bilan birga ijtimoiy-huquqiy mazmundagi (ish staji, oylik maoshi, oʻqiganligi) arxiv maʼlumotlari bepul beriladi.
- Arxivning tuman va shahar boʻlimlariga tashrifidan koʻra, telefon orqali yoki elektron shaklda murojaat qilsa boʻladimi va qaysi manzillar orqali?
Javob: Arxivning tuman va shahar boʻlimlariga murojaat qilmoqchi boʻlsangiz uzarchive@archive.uz saytida barcha arxivlarning elektron manzillari joylashtirilgan yoki my.archive.uz portali orqali yuborishingiz mumkin.
- Murojaat qilishni qulaylashtirish uchun telegram kanallari ham ochilganmi?
Javob: Murojaat qilishni qulaylashtirish uchun “Oʻzarxiv” agentligining t.me/uzarchive. Telegram kanali ishlab turibdi.
