“ARXIV HUJJATLARIDA TELEVIDENIYE TARIXI” NOMLI FOTOKÖRGAZMA HAMDA "OTAMDAN ULUĞIM" NOMLI KITOB TAQDIMOTI
2026-11-05 15:00:00 / Yangiliklar

“ARXIV HUJJATLARIDA TELEVIDENIYE TARIXI” NOMLI FOTOKÖRGAZMA HAMDA "OTAMDAN ULUĞIM" NOMLI KITOB TAQDIMOTI
Joriy yilning 5-noyabr kuni “Özarxiv” agentligi, Özbekiston Badiiy akademiyasi, Toşkent Fotosuratlar uyi, Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida “Arxiv hujjatlarida televideniye tarixi” nomli arxiv hujjatlari fotokörgazmasi hamda mamlakatimiz televideniyesi tarixidagi ilk erkak diktor, Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali diktor Öktam Jobirov hayoti va ijodiga bağişlangan “Otamdan uluğim” nomli kitob taqdimoti taşkil etildi.
5-noyabr — Özbekiston arxivlarining milliy tizimi taşkil topgan kun hamda Özbekiston televideniyesi taşkil topganiga 70 yil tölişi munosabati bilan tadbir taşkil etilmoqda. 1956-yilda şu kuni Özbekistonda ilk bora televideniye orqali birinçi körsatuv efirga uzatilgan edi. Şundan buyon bunday körsatuvlarni tayyorlaşda minglab ijodkorlarimiz, televideniye va radio jurnalistlari öz mahoratlarini namoyon etib kelmoqda. Jonkuyar arxivçilar va jurnalistlar, xususan, televideniye va radio sohasi ijodkorlari, faxriylari hamda internet naşrlari faollarining xizmatlarini munosib e’tirof etiş maqsadida mazmunli fotokörgazma taşkil etildi.
“Arxiv hujjatlarida televideniye tarixi” nomli arxiv hujjatlari fotokörgazmasida Özbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1930–2012-yillarga oid Özbekiston televideniyesi tarixi, televideniye va radioning ilk suxandonlari, rejissyor va operatorlari, taniqli hamda xalq suygan boşlovçi va suxandonlari faoliyatini aks ettiruvçi fotosuratlar namoyiş etildi.
Xususan, namoyiş etilgan 100 ga yaqin fotohujjatlar orasida Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali diktor Öktam Jobirov hayoti va ijodini yorituvçi fotosuratlar körgazmaning ijodiy kulminatsiyasiga aylandi. Uşbu fotosuratlar Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, yozuvçi, şoir, Özbekiston televideniyesi suxandoni Muslimbek Yöldoşevning “Otamdan uluğim” nomli mualliflik kitobiga kiritilgan.
Körgazma davomida mazkur kitobning taqdimoti ötkazilib, har bir fotosuratga alohida izohlar berildi. Şu kuni Öktam Jobirov bilan yelkama-yelka işlagan faxriylar fotokörgazmada namoyiş etilgan fotosuratlar orqali öşa davr tarixiga alohida e’tibor qaratdilar. Ular arxivda saqlanayotgan fotosuratlarning sifati va saqlaniş holatini e’tirof etib, bunday fotosuratlar Özbekistonning noyob fotofondi ekanligini ta’kidladilar.
Şuningdek, körgazmada Özbekiston televideniyesining rivojlanişi haqidagi ma’lumotlar, arxiv hujjatlari va fotomateriallar namoyiş etilmoqda. Jumladan, televideniye tahririyatlarining ijodiy uçraşuvlari, intervyu va suhbatlar, teleradio studiyalarining iş jarayonlari, teledastur va eşittirişlarni tayyorlaş, materiallar ustida işlaş, tasvirga oliş va yoziş jarayonlari, OAV xodimlari uçun taşkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari hamda turli mavzularga bağişlangan matbuot anjumanlari aks etgan.
Tadbirning tantanali oçiliş marosimida “Özarxiv” agentligi, Özbekiston milliy arxivlari rahbarlari va xodimlari, vazirlik va idoralarning matbuot kotiblari, jurnalistlar, OAV vakillari hamda faxriylar iştirok etdilar.
Tadbirni yoritişda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga “Özarxiv” agentligi tomonidan minnatdorlik bildiriladi.
___________________________________________________________________________________________________________
RU: Широко отмечается в стране 5 ноября – 107-летие образования национальной системы архивов Узбекистана. Кроме того, 5 ноября 2026 года празднуется 70-летний юбилей создания Узбекского телевидения. В этот день в 1956 году вышла в эфир первая передача Узбекского телевидения. С этого времени тысячи деятелей культуры ежедневно демонстрируют свое мастерство при подготовке телевизионных передач. Таким образом, выставка посвящена самоотверженному труду работников архивной системы Узбекистана, а также сферы телевидения, радио и интернета.
На фотовыставке «История телевидения в архивных документах» представлены хранящиеся в Национальном архиве кинофотофонодокументов Узбекистана фотографии, отражающие историю Узбекского телевидения за 1930-2012 годы, деятельность первых дикторов телевидения и радио, режиссеров и операторов, любимых народом телеведущих. Творческой кульминацией выставки, насчитывающей около 100 экспонатов, стали фотодокументы, раскрывающие особенности жизни и творчества заслуженного артиста Узбекистана, диктора высшей категории Уктама Джабирова. Эти фотографии включены в авторскую книгу “Otamdan uluğim” заслуженного деятеля культуры Узбекистана, писателя, поэта, диктора Узбекского телевидения Муслимбека Юлдашева. На проведенной в рамках выставки презентации книги, приуроченной 95-летию знаменитого диктора, каждая фотография была отмечена по достоинству. В этот день ветераны телевидения, трудившиеся плечом к плечу с Уктамом Джабировым, «оживили» своими воспоминаниями демонстрируемые на выставке фотографии. Гости и участники мероприятия, высоко оценив качество фотодокументов и их сохранность, отметили уникальность архивного фотофонда Республики Узбекистан.
Экспонаты выставки рассказали об истории развития Узбекского телевидения: творческих встречах редакций телевидения, интервью и беседах, о подготовке теле-и радиопередач, проведении съемок и звукозаписей, организации семинаров для работников средств массовой информации, круглых столов и пресс-конференций.
На церемонии торжественного открытия мероприятия приняли участие руководители и сотрудники Агентства «Узархив», национальных архивов Узбекистана, пресс-секретари министерств и ведомств, журналисты, представители средств массовой информации, а также ветераны радио и телевидения.
Агентство “Узархив” выражает благодарность представителям средств массовой информации за помощь в освещении мероприятия.









