“O‘zarxiv” agentligida xalqaro aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING
2026-10-05 09:20:00 / Yangiliklar

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev ishtirokida “O‘zarxiv” agentligida xalqaro aloqalarni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
BRIFING
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!
Bugungi brifingda “O‘zarxiv” agentligining 2026-yilning 9 oyi davomida xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirgan asosiy ishlari va erishilgan natijalar haqida maʼlumot beramiz.
Hisobot davrida xalqaro hamkorlik xorijiy arxiv muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish, O‘zbekiston tarixiga oid yangi arxiv manbalarini aniqlash, ularning nusxalarini mamlakatimizga olib kelish, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, restavratsiya va konservatsiya qilish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt imkoniyatlarini sohaga joriy etish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oldi.
2026-yil davomida “O‘zarxiv” agentligi va tizim tashkilotlari vakillari AQSH, Qozog‘iston, Germaniya va boshqa davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro anjumanlar, kongresslar va ilmiy-amaliy tadbirlarda qatnashdi. Belarus, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan qator xalqaro konferensiyalarda esa O‘zbekiston arxivchilari onlayn shaklda maʼruzalar bilan ishtirok etdilar.
Xususan, 2026-yil 3–8-mart kunlari “O‘zarxiv” agentligi delegatsiyasi AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida bo‘lib o‘tgan “RootsTech-2026” konferensiyasida ishtirok etdi.
Tashrif davomida “FamilySearch International”, AQSH Yuta shtati davlat arxivi va boshqa tashkilotlar vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o‘tkazildi. “MyHeritage” va “Ancestry” tashkilotlarining genealogik tadqiqotlarda DNK maʼlumotlaridan foydalanish tajribasi, shuningdek, AQSH arxivlarida hujjatlarni saqlash, hisobga olish va raqamlashtirish amaliyoti o‘rganildi.
Yana bir muhim yo‘nalish - xorijiy arxivlardan O‘zbekiston tarixiga oid yangi hujjatlarni aniqlash va mamlakatimizga olib kelish bo‘ldi. 2026-yil 19–23-aprel kunlari Tatarstan Respublikasi Arxiv ishi bo‘yicha Davlat qo‘mitasi delegatsiyasining Buxoroga tashrifi davomida ikki tomon uchun muhim tarixiy hujjatlar almashildi. Tatarstan davlat arxivlari tomonidan O‘zbekistonga jami 836 kadr arxiv materiallarining elektron nusxalari taqdim etildi. Ular savdo-iqtisodiy, madaniy va ilmiy-maʼrifiy aloqalarga oid tarixiy manbalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu materiallar O‘zbekiston milliy arxivlari davlat saqloviga qabul qilindi.
O‘zbekiston tarixiga oid hujjatlarni xorijiy arxivlardan izlab topish bo‘yicha eng salmoqli natijalardan biri Germaniyada qayd etildi. O‘zbekiston Milliy arxivi mutaxassislari 2026-yil 15-iyuldan 1-avgustga qadar Berlin shahridagi Germaniya Federal arxivi, Germaniya Tashqi ishlar vazirligi arxivi va Prussiya madaniy merosi davlat arxivida ilmiy izlanishlar olib bordilar. Natijada O‘zbekiston tarixining XIX asr oxiri — XX asrlarga oid 1000 dan ortiq kadr hujjatlari aniqlandi va ularning elektron nusxalari yurtimizga olib kelindi.
Xalqaro hamkorlikning yana bir muhim natijasi — yangi hamkorlik hujjatlarining imzolanganidir.
2026-yil 8-iyun kuni “O‘zarxiv” agentligi va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Arxivi o‘rtasida arxiv ishi sohasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
30-avgust kuni Toshkent shahrida “O‘zarxiv” agentligi bilan Hindiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Milliy arxiv o‘rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.
14-sentyabr kuni Seul shahrida esa “O‘zarxiv” agentligi va Koreya Respublikasi Milliy arxivi o‘rtasida arxiv ishi va hujjatlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
Shu tariqa, hisobot davrida Qozog‘iston, Hindiston va Koreya Respublikasi arxiv muassasalari bilan hamkorlikning huquqiy asoslari yana-da mustahkamlandi.
2026-yilning 9 oyi davomida xorijiy mutaxassislar va delegatsiyalarning O‘zbekistonga tashriflari ham faol tashkil etildi.
AQSHning “FamilySearch International”, Fransiyaning INA va “DUALEST”, Germaniyaning “SMA Electronic Document GmbH”, Avstriya Fanlar akademiyasi Fonoarxivi, Ummon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi, shuningdek, boshqa xorijiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlarda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, restavratsiya va konservatsiya qilish, audiovizual merosni saqlash, genealogik tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni qo‘llash masalalari muhokama qilindi.
Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellekt yo‘nalishidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etmoqda.
2026-yil 20–25-sentyabr kunlari “FamilySearch International” delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish, genealogik tadqiqotlar va sunʼiy intellektdan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston milliy arxivlari rahbar va xodimlari uchun “Ottoman Project” loyihasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etilib, Chig‘atoy turkiy tilidagi hujjatlar bilan ishlashda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari amaliy misollar asosida namoyish etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston arxivlari xalqaro ilmiy va professional maydonlarda o‘z tajribasini ham faol namoyish etdi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Digital Archive EXPO” III Arxivchilarning xalqaro kongressida “O‘zbekiston arxivlarining raqamli ekotizimi: infratuzilma, sunʼiy intellekt va davlat xizmatlari”, shuningdek, kinofotofonohujjatlar portaliga bag‘ishlangan maʼruza va treninglar o‘tkazildi. Xalqaro arxivlar kengashi prezidenti va Markaziy Osiyo davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Xorijiy tadqiqotchilarning O‘zbekiston arxivlaridan foydalanishiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
2026-yilning 9 oyi davomida Kanada, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Polsha, Turkiya, Isroil Davlati, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Qirg‘iz respublikalaridan bo‘lgan jami 79 nafar tadqiqotchiga O‘zbekiston milliy va hududiy davlat arxivlarining o‘quv zallaridan foydalanish uchun belgilangan tartibda ruxsat berildi.
Hurmatli brifing ishtirokchilari!
Umuman, 2026-yilning 9 oyi davomida xalqaro hamkorlik faqat uchrashuv va tadbirlar bilan cheklanib qolmadi.
Xorijiy arxivlardan O‘zbekiston tarixiga oid yangi hujjatlar aniqlandi va ularning elektron nusxalari olib kelindi, yangi xalqaro hamkorlik hujjatlari imzolandi, arxivlarni raqamlashtirish va restavratsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi, shuningdek, sunʼiy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy hamkorlik rivojlantirildi. Bu ishlar O‘zbekistonning tarixiy hujjatli merosini yana-da boyitish, uni zamonaviy texnologiyalar asosida asrash va jahon ilmiy hamjamiyati uchun yana-da ochiq qilishga xizmat qiladi.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchimiz. Aziz yurtdoshlar! Agar davlat arxivlarida noqonuniy hatti-harakatlarning guvohi bo‘lsangiz “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki antikorarchivebot yohud https://t.me/direktorga_murojaat orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Eʼtiboringiz uchun rahmat!
___________________________________________________________________________________________
Здравствуйте!
Сегодня на брифинге мы проинформируем вас об основных направлениях работы и результатах, достигнутых Агентством «Узархив» в сфере международного сотрудничества за 9 месяцев 2026 года.
В отчетный период международное сотрудничество охватывало такие важные направления, как расширение связей с зарубежными архивными учреждениями, выявление новых архивных источников по истории Узбекистана, получение их копий, изучение зарубежного опыта в области оцифровки, реставрации и консервации архивных документов, а также внедрение в отрасль современных цифровых технологий и возможностей искусственного интеллекта.
В течение 2026 года представители Агентства «Узархив» и организаций его системы приняли участие в международных форумах, конгрессах и научно-практических мероприятиях, проходивших в США, Казахстане, Германии и других странах. Кроме того, узбекские архивисты выступили с докладами в онлайн-формате на ряде международных конференций, организованных учреждениями Беларуси, России, Казахстана и других государств.
В частности, 3–8 марта 2026 года делегация Агентства «Узархив» приняла участие в конференции «RootsTech-2026», состоявшейся в городе Солт-Лейк-Сити, штат Юта, США.
В ходе визита состоялись практические встречи с представителями «FamilySearch International», Государственного архива штата Юта и других организаций. Был изучен опыт компаний «MyHeritage» и «Ancestry» по использованию ДНК-данных в генеалогических исследованиях, а также практика американских архивов в области хранения, учета и оцифровки документов.
Еще одним важным направлением стала работа по выявлению в зарубежных архивах новых документов по истории Узбекистана и получению их копий.
В ходе визита делегации Государственного комитета Республики Татарстан по архивному делу в Бухару 19–23 апреля 2026 года состоялся обмен важными историческими документами. Государственные архивы Татарстана передали Узбекистану электронные копии архивных материалов общим объемом 836 кадров. Они содержат исторические источники, отражающие торгово-экономические, культурные и научно-просветительские связи. Эти материалы были приняты на государственное хранение в национальные архивы Узбекистана.
Одним из наиболее значимых результатов работы по поиску документов по истории Узбекистана в зарубежных архивах стали исследования, проведенные в Германии.
Специалисты Национального архива Узбекистана с 15 июля по 1 августа 2026 года проводили научные исследования в Федеральном архиве Германии, Архиве Министерства иностранных дел Германии и Государственном архиве прусского культурного наследия в Берлине.
В результате были выявлены более 1000 кадров документов, относящихся к истории Узбекистана конца XIX — XX веков, и их электронные копии были доставлены в нашу страну.
Еще одним важным итогом международного сотрудничества стало подписание новых документов о взаимодействии.
8 июня 2026 года был подписан Меморандум о взаимопонимании в сфере архивного дела между Агентством «Узархив» и Архивом Президента Республики Казахстан.
30 августа в Ташкенте был подписан Меморандум о взаимопонимании по сотрудничеству в области архивного дела между Агентством «Узархив» и Национальным архивом при Министерстве культуры Республики Индия.
14 сентября в Сеуле был подписан Меморандум о взаимопонимании по сотрудничеству в области архивного дела и управления документами между Агентством «Узархив» и Национальным архивом Республики Корея.
Таким образом, в отчетный период была дополнительно укреплена правовая основа сотрудничества с архивными учреждениями Казахстана, Индии и Республики Корея.
В течение 9 месяцев 2026 года также активно организовывались визиты в Узбекистан зарубежных специалистов и делегаций.
Состоялись встречи и переговоры с представителями американской организации «FamilySearch International», французских INA и «DUALEST», германской компании «SMA Electronic Document GmbH», Фоноархива Австрийской академии наук, Управления документов и архивов Султаната Оман, а также других зарубежных организаций.
В ходе этих встреч обсуждались вопросы оцифровки архивных документов, реставрации и консервации, сохранения аудиовизуального наследия, проведения генеалогических исследований и применения новых технологий.
Особое значение приобретает сотрудничество в сфере современных технологий и искусственного интеллекта.
В рамках визита делегации «FamilySearch International» в Узбекистан 20–25 сентября 2026 года обсуждались вопросы оцифровки архивных документов, генеалогических исследований и использования искусственного интеллекта.
Для руководителей и сотрудников национальных архивов Узбекистана был организован семинар, посвященный проекту «Ottoman Project». В ходе семинара на практических примерах были продемонстрированы возможности применения технологий искусственного интеллекта при работе с документами на чагатайском тюркском языке.
Кроме того, архивы Узбекистана активно представляли собственный опыт на международных научных и профессиональных площадках.
На III Международном конгрессе архивистов «Digital Archive EXPO», прошедшем в Казахстане, были представлены доклад на тему «Цифровая экосистема архивов Узбекистана: инфраструктура, искусственный интеллект и государственные услуги», а также тренинги, посвященные порталу кино-, фото- и фонодокументов.
Также состоялись встречи с президентом Международного совета архивов и руководителями архивных служб государств Центральной Азии.
Отдельное внимание уделялось обеспечению доступа зарубежных исследователей к архивам Узбекистана.
За 9 месяцев 2026 года в установленном порядке разрешение на работу в читальных залах национальных и региональных государственных архивов Узбекистана было предоставлено 79 исследователям из Канады, США, Японии, Германии, Нидерландов, Великобритании, Эстонии, Польши, Турции, Государства Израиль, Российской Федерации, Украины, Афганистана, Казахстана и Кыргызстана.
Уважаемые участники брифинга!
В целом международное сотрудничество в течение 9 месяцев 2026 года не ограничивалось только встречами и участием в различных мероприятиях.
В зарубежных архивах были выявлены новые документы по истории Узбекистана и получены их электронные копии, подписаны новые документы о международном сотрудничестве, изучен передовой опыт в области оцифровки и реставрации архивов, а также развивалось практическое взаимодействие по использованию искусственного интеллекта и современных цифровых технологий.
Эта работа направлена на дальнейшее обогащение историко-документального наследия Узбекистана, его сохранение с применением современных технологий и обеспечение большей открытости для мирового научного сообщества.
Благодарю за внимание.
