“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Navoiy viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
2026-09-29 10:00:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Navoiy viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Ushbu yig'ilishda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar bo'yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda arxiv muassasalarida ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Ma'lumot uchun: Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari saqlovida 01.01.2026-yil holatiga 267 588 saqlov birligida hujjatlar mavjud. 25.09.2026-yil holatiga 74 976 saqlov birligidagi hujjatlar to'liq raqamlashtirildi. Jami sahifalar soni 11 028 671 tani tashkil qiladi. 2026-yil 9 oylik raqamlashtirish rejasini 123% foizga bajarildi.









