Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-08-27 18:00:00 / Yangiliklar

Fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 27-avgust kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning muammolarini o‘rganish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida agentlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar har tomonlama va batafsil ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.
Shuningdek, murojaatchilarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.




