Ummon Sultonligi delegatsiyasi “O‘zarxiv” agentligida bo‘ldi
2026-08-26 17:25:00 / Yangiliklar

Ummon Sultonligi delegatsiyasi “O‘zarxiv” agentligida bo‘ldi
Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafa Jabr Nosir al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiya “O‘zarxiv” agentligiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida delegatsiya “O‘zarxiv” agentligi direktori U. Yusupov bilan uchrashdi. Muzokaralar davomida ikki mamlakat arxiv muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, o‘zaro tajriba almashish hamda arxiv sohasida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish, tajriba va bilim almashinuvini kengaytirish, shuningdek, kelgusida arxiv sohasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar va tadbirlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, Ummon delegatsiyasi uchun O‘zbekiston Milliy arxivida ekskursiya tashkil etildi. Mehmonlar arxiv hujjatlarini saqlash, restavratsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Arxiv muzeyi hamda ko‘rgazmalar zalida namoyish etilayotgan noyob hujjatlar va tarixiy eksponatlarni ko‘zdan kechirdilar.
Delegatsiya tarkibida:
Vafa Jabr Nosir al-Busaidiy — Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, delegatsiya rahbari;
Hamad bin Muhammad al-Davyaniy — Ummon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi direktori;
Roya bint Umar al-Hajariy — Xalqaro hamkorlik departamenti direktorining yordamchisi;
Sayf bin Muslim al-Haruqiy — hujjatlar va qo‘lyozmalarni tavsiflash bo‘yicha mutaxassis;
Al-Qatan bin Sayf al-Haruqiy — topshiriqlar ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i ishtirok etdi.
Mazkur uchrashuv va tashrif O‘zbekiston va Ummon Sultonligi o‘rtasida arxiv ishi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganish va tarixiy hujjatlarni asrab-avaylash borasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.









