Ummon Sultonligi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi
2026-08-26 10:45:00 / Yangiliklar

Ummon Sultonligi delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi
Ummon Sultonligi Hujjat va arxivlar boshqarmasi direktori Hamad bin Muhammad al-Davyaniy hamda delegatsiya a’zolari “O‘zarxiv” agentligi vakillari hamrohligida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashdi. Muloqotda Markaz faoliyati, unda O‘zbekistonning boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosini asrash, o‘rganish hamda keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar Markazda yaratilayotgan ekspozitsiyalar va tarixiy-madaniy meros namunalari bilan tanishib, O‘zbekiston va Ummon Sultonligi o‘rtasida tarixiy merosni o‘rganish, asrash va targ‘ib qilish yo‘nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.









