“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.
2026-08-21 13:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizda Mustaqillikning oʻttiz besh yilligi keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan, 2026-yilning 21-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent Fotosuratlar uyi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasini o‘zida mujassam etgan “Mustaqillik xotirasi!” nomli fotoko‘rgazma tashkil etildi.
Fotoko‘rgazmada mamlakatning 1928-yillardan to hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixini, jumladan mustaqillik ilk yillarida nishonlangan bayram tadbirlari, sanoat rivoji, xorijiy mamlakatlar bilan do’stona aloqalar, ta’limdagi yutuqlar, sportchilarning xalqaro musobaqalarda munosib ishtiroki, hunarmandlarning ish jarayonlari va ishlab chiqargan mahsulotlaridan namunalar hamda yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy va me’moriy obidalar aks ettirilgan 150 ortiq fotolar o‘rin olgan. Ko’rgazma eksponatlari mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi barcha hududlarning iqtisodiyoti va ma’naviyati ravnaq topishini ko’rsatadi. Bunga Andijon viloyatidagi UzDaewooAuto zavodi, Toshkentdagi O‘zbek-Italiya «Sovplastital» qo‘shma korxonalarning, Buxorodagi «Sovg’a» zargarlik markazi faoliyati misol bo‘ladi
Mazkur fotoko‘rgazma orqali tarixiy xotira va bugungi taraqqiyot o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni namoyon etish, xalqimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini keng targ‘ib qilish hamda arxiv hujjatlarining bebaho tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish ko‘zda tutilgan.
Tadbirni yoritishda yaqindan yordam bergan ommaviy axborot vositalari vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
_______________________________________________________________________________
Широко отмечается в нашей стране 35-летие Независимости Узбекистана. В связи с этим 21 августа 2026 года в Ташкентском Доме фотографии Агентством «Узархив» при Министерстве юстиции Республики Узбекистан, Академией художеств Узбекистана, Национальным информационным агентством Узбекистана, Ташкентским Домом фотографии совместно с Национальным архивом кинофотофонодокументов Узбекистана организована фотовыставка “Память Независимости”, отражающая главную идею «Единой Родиной, единым народом мы построим новую жизнь, новое будущее!», посвященная 35-й годовщине Государственной Независимости Республики Узбекистан.
На фотовыставке представленo более 150 фотографий, отражающих историю нашей страны с 1928 года по сегодняшний день, в том числе проведение праздничных мероприятий, развитие промышленности, дружеские связи с зарубежными странами, достижения в образовании, достойное участие спортсменов в международных соревнованиях, уникальное творчество ремесленников, величие исторических и архитектурных памятников. Экспонаты выставки показывают расцвет экономики и духовного развития всех регионов Узбекистана в годы независимости. Деятельность совместного предприятия "УзДЭУавто" в Андижанской области, Узбекско-итальянского предприятия «Совпластитал» в Ташкенте, центра золотошвейного мастерства «Совга» в Бухаре являются ярким примером.
Выставка организована с целью демонстрации крепких связей между исторической памятью и современными достижениями, пропаганды успехов нашего народа за годы независимости, а также донесения до широкой общественности бесценного значения архивных документов как исторических источников.
Агентство «Узархив» при Министерстве юстиции Республики Узбекистан выражает благодарность представителям средств массовой информации за помощь в освещении мероприятия.









