“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Surxondaryo viloyatidagi davlat arxivlarida boʻldi
2026-08-19 18:00:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Surxondaryo viloyatidagi davlat arxivlarida boʻldi
“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Surxondaryo viloyatidagi xizmat safari doirasida Surxondaryo viloyat davlat arxivi va Angor, Muzrabot, Sherobod, Sho‘rchi, Uzun, Sariosiyo, Denov, Jarqo‘rg‘on tuman davlat arxivlari ish jarayoni bilan tanishdi.
Ulugʻbek Yusupov arxivlarda ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, yig‘majildlarni umumiy holatlari, raqamlashtirish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.
Shuningdek, arxivlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylikka rioya etilishi, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: Angor tuman davlat arxivi 1980-yil 21-aprelda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 1927-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 115025 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Angor tuman davlat arxivi xodimlari raqamlashtirish jarayonida ham qizg‘in mehnat qilishmoqda. Bugunga qadar 45804 saqlov birligidan 12750 tasi ya'ni 27% raqamlashtirildi.
Ma’lumot uchun: Muzrabot tuman davlat arxivi 2008-yilning 13-iyun kuni tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 1969-yildan to bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 34826 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Muzrabot tuman davlat arxivida bugunga qadar 15917 ta saqlov birligidan 2094 tasi ya’ni 13,2 % raqamlashtirildi, 48 ta fond hamda 263986 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.
Ma’lumot uchun: Sherobod tuman davlat arxivida 1920-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrdagi hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 131340 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan 68446 yig‘majild 208 ta fond boshqaruv hujjatlari, 32955 yig‘majild 1019 ta fond shaxsiy tarkibga oid hujjatlar. Sherobod tuman davlat arxivida bugunga qadar 11067 ta saqlov birligidan 170150 tasi ya’ni 16% raqamlashtirildi, 207 ta fond hamda 170150 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.
Ma'lumot uchun: Sho‘rchi tuman davlat arxivida 1935-yildan to bugungi kunga qadar bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida hozirgi kunda 1069 ta fondda jami 91936 saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Shundan 56257 saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari, 421 saqlov birligidagi shaxsiy kelib chiqish hujjatlari, 35258 saqlov birligidagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanmoqda. Bugunga qadar e.archive.uz tizimiga 85004 ta saqlov birligdan 135079 mingta kadr kiritildi.
Ma'lumot uchun: Uzun tuman davlat arxivi 2007-yil 1-avgustda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 1926-yildan to bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 101350 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Uzun tuman davlat arxivida bugunga qadar 101530 ta saqlov birligidan 53401 tasi ya’ni 49% raqamlashtirildi, 538 ta fond hamda 235415 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.
Ma'lumot uchun: Sariosiyo tuman davlat arxivida 1947-yildan to bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 41734 ta saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Bugunga qadar doimiy saqlovdagi 18045 ta saqlov birligidan 13140 tasi raqamlashtirildi, 204 ta fond hamda 184753 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.
Ma'lumot uchun: Denov tuman davlat arxivi 1934-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1924-yildan to bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 110214 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Denov tuman davlat arxivida bugunga qadar 5740 ta saqlov birligidan 622318 tasi ya’ni 63.4% raqamlashtirildi, 555 ta fond hamda 140484 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.
Maʼlumot uchun: Jarqo‘rg‘on tuman davlat arxivi 2001-yil tashkil etilgan bo‘lib, arxivda 1928-yildan to bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun jami 36062 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Jarqo‘rg‘on tuman davlat arxivida bugunga qadar 35061 ta saqlov birligidan 1366572 tasi yaʼni Boshqaruv hujjatlarining bugungi kungacha 97.2 % raqamlashtirildi, 88 ta fond 2316 saqlov birligidan hamda 64143 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.
Maʼlumot uchun: Surxondaryo viloyat davlat arxivida 1917-yildan bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida 203336 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Shundan 584427 mingta kadr e.archive.uz tizmiga kiritildi.









