Yosh arxivchilar sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy bilimlarini oshirdi
2026-08-06 14:45:00 / Yangiliklar

Yosh arxivchilar sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha amaliy bilimlarini oshirdi
Yoshlar kuni hamda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Fargʻona viloyati davlat arxivi yosh xodimlari Fargʻona davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori S. Nomanjonov tomonidan sunʼiy intellekt va robototexnikaning turli sohalarga, jumladan arxiv ishiga tatbiq etilishi yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda yosh arxivchilarga ChatGPT va Gemini sunʼiy intellekt platformalari yordamida hujjatlar, taqdimotlar va boshqa axborot materiallarini samarali tayyorlash usullari namoyish etildi. Shuningdek, kiberxavfsizlik, raqamli gigiyena hamda internetdagi maʼlumotlarni tekshirish (fakt-cheking) bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv yosh arxivchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni raqamli transformatsiya jarayonlariga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.





