“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
2026-07-23 17:00:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi arxiv muassasalari rahbarlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Ushbu yig'ilishda 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar bo'yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Arxiv muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi hamda arxiv muassasalarida ijro intizomi holati, uni mustahkamlash, bu borada rahbarlar masʼuliyatini kuchaytirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.









