“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi davlat arxivlarida boʻldi
2026-07-23 18:30:00 / Yangiliklar

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Jizzax viloyatidagi xizmat safari doirasida Jizzax viloyat davlat arxivi va G‘allaorol, Do‘stlik tuman davlat arxivlari ish jarayoni bilan tanishdi.
Ulugʻbek Yusupov arxivlarda ish jarayoni, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, yig‘majildlarni umumiy holatlari, raqamlashtirish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi.
Shuningdek, arxivlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda qonuniylikka rioya etilishi, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: Do‘stlik tuman davlat arxivi bugungi kunda viloyatning Arnasoy, Mirzacho‘l, Zafarobod va Do‘stlik tumanlaridagi korxona, tashkilot va muassasalariga xizmat ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda davlat arxivida 412 ta fond va 88952 ta saqlov birligi mavjud. Do‘stlik tuman davlat arxivi xodimlari tomonidan shu vaqtga qadar 346 ta fond va 337340 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi va ushbu jarayonlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Jizzax viloyat davlat arxivi 1974-yil 11-fevralda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 1922-yildan to bugungi kungacha bo‘lgan hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondlarida bugun 107698 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Jizzax viloyat davlat arxivi xodimlari raqamlashtirish jarayonida ham qizg’in mehnat qilishmoqda. Shu bugunga qadar 86543 ta saqlov birligidan 24017 tasi ya’ni 27% raqamlashtirildi, 412 ta fond hamda 1747943 ta kadrlar e.archive.uz tizimiga kiritildi.









