“O‘zarxiv” agentligi direktori U. Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2026-06-04 18:00:00 / Yangiliklar

“O‘zarxiv” agentligi direktori U. Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Joriy yilning 4-iyun kuni “O‘zarxiv” agentligi direktori U. Yusupov Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi “Ramadan” hamda “Kiyikchi” mahallasidan biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda har bir yoshning ma’lumoti, amaliy ko‘nikmalari hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga oid maqsadlari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolari batafsil o‘rganildi.
Tahlillar asosida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish kurslariga jalb etish hamda manzilli amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.








