“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tomonidan Toshkent viloyat Olmaliq shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
2026-06-04 17:00:00 / Yangiliklar

“O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov tomonidan Toshkent viloyat Olmaliq shahar davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqilib, ularning har biriga to‘liq va asoslantirilgan javoblar berildi. Har bir masala atroflicha o‘rganilib, muammolarni hal etish yuzasidan aniq choralar belgilandi.
Shuningdek, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.








