O‘zbekiston Milliy arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
2026-06-03 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy arxivida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
Tadbir doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining “Arxivshunoslik” yo‘nalishida tahsil olayotgan 1–2-bosqich talabalari uchun “Arxivshunoslik o‘quv-tanishuv” amaliyotini tashkil etish maqsadida ekskursiya uyushtirildi.
Ekskursiya davomida talabalar arxiv faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, hujjatlarni qabul qilish, saqlash, hisobga olish hamda ulardan foydalanish tartiblari. Arxiv mutaxassislari tomonidan fondlar tarkibi, tarixiy hujjatlarning ilmiy va amaliy ahamiyati, ularni restavratsiya qilish va raqamlashtirish jarayonlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tarixiy hujjatlarni saqlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi. Talabalar arxivning o‘quv zallari, fond saqlov xonalari hamda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘limlari faoliyatini bevosita kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar.





