“O‘zarxiv” agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi yuzasidan BRIFING
2026-05-13 18:00:00 / Press-relizlar

“O‘zarxiv” agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomi yuzasidan BRIFING
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2026-yil 4-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlab 2026-yil 13-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan 48-son buyrug‘i bilan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Agentlik va uning tizim tashkilotlarda rahbarlar boshchiligida tizimda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish aholining ariza va shikoyatlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni tahlil qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Ishchi guruhga:
Aholining ariza va shikoyatlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni tahlil qilish bo‘yicha Prezident Xalq qabulxonasi bilan doimiy hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda birinchi rahbarning shaxsiy masʼuliyatini taʼminlash.Bunda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqishni asosiz ravishda o‘rinbosarlar va tizim tashkiloti rahbarlariga yuklash amaliyotiga chek qo‘yib, murojaatlar yuzasidan asoslangan qarorlar birinchi rahbarlar tomonidan qabul qilinishi hamda ularning ijrosi ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatish;
Murojaatlar bilan ishlaydigan rahbar xodimlarni malakasini oshirish o‘qitish vazifalari belgilab berildi.
“O‘zarxiv” agentligi va uning tizim tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning ahvolini tanqidiy ko‘rib chiqish, natijadorligini oshirish, yuzasidan manzilli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Shuningdek, hududlardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlili hamda murojaatlarni ko‘payishiga sabab bo‘layotgan masalalar va tizimli muammolarni inobatga olgan holda Agentlikning sayyor qabul o‘tkazish 2026-yil reja-jadvali ishlab chiqilib “cabinetpm2.gov.uz” axborot tizimiga kiritildi.
Shu bilan birga, “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlariga 2026-yil 1-chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan 371 ta, jumladan, 345 ta ariza, 26 ta shikoyat turidagi murojaatlar kelib tushgan, Shundan, Agentlikka 238 ta hamda uning tizim tashkilotlariga 133 ta murojaatlar kelib tushgan.
Bundan tashqari, 2026-yilning 5 oy davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan 36 ta sayyor qabuldan, amalda o‘tkazilgan sayyor qabullar soni 36 tani tashkil etdi, shu jumladan, Agentlik direktori 4 ta, direktor o‘rinbosari 2 ta, hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan 30 ta sayyor qabul o‘tkazilgan.
“O‘zarxiv” agentligi va uning hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan 2026-yil 5 oy davomida o‘tkazilgan sayyor qabullarida 141 nafar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari qabul qilingan.
Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 2026-yil 1-choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilik hamda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yganliklari uchun 2 nafar rahbar va masʼul xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoni, 2021 yil 31 maydagi PQ–5132-son qarori hamda 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoni asosida Agentlikda ijro intizomini mustahkamlash, qonunlar va davlat rahbari hamda Hukumat hujjatlarining ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Agentlikda bevosita birinchi rahbarga bo‘ysunuvchi alohida tuzilma — Ijro nazorati va ish yuritish bo‘limi tashkil etildi. Ijro intizomiga masʼul xodimlarning malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ijro holati yuzasidan kunlik tizimli monitoring olib borilmoqda. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilmoqda. Shuningdek, har haftada kamida ikki marotaba topshiriqlar ijrosi va murojaatlar bilan ishlash holati rahbariyat ishtirokida muhokama qilib kelinmoqda.
2026-yil o‘tgan 4 oy holatiga Agentlikka qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan bog‘liq jami 49 ta topshiriq kelib tushgan. Ularning 32 tasida Agentlik asosiy ijrochi, 17 tasida esa qo‘shimcha ijrochi sifatida belgilangan. Mazkur topshiriqlarning barchasi belgilangan muddatlarda sifatli ijro etildi va tegishli asoslovchi hujjatlar bilan “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron tizimiga kiritilib, nazorat qiluvchi organlar tomonidan kelishildi.
Ijro intizomini taʼminlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida tegishli maʼlumotlar muntazam ravishda “O‘zarxiv” agentligining rasmiy veb-saytiga joylashtirib borilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchimiz. Aziz yurtdoshlar! Agar davlat arxivlarida noqonuniy hatti-harakatlarning guvohi bo‘lsangiz “O‘zarxiv” agentligining 55-50-301-50 raqamli “Ishonch telefoni” yoki antikorarchivebot yohud https://t.me/direktorga_murojaat orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
