“Xotira va qadrlash – mening sohamda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
2026-05-06 18:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira va qadrlash – mening sohamda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda turli ilmiy va madaniy muassasalardan yetakchi mutaxassislar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Jumladan:
-
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti U.A. Saliyev,
-
Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi katta ilmiy xodimi G.S. Gaponenko,
-
Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti professori, tarix fanlari doktori F.N. Ernazarov,
-
O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi “Muzey ashyolari, fond kolleksiyalarini ro‘yxatga va hisobga olish” bo‘limi bosh mutaxassisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori M.M. O‘rolova,
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi D.N. Aberkulov ishtirok etdilar.
-
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Milliy arxivlari xodimlari hamda TMS instituti “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari faol qatnashdilar.
Davra suhbati davomida ishtirokchilar Xotira va qadrlash kunining tarixiy ahamiyati, milliy xotirani asrash, arxiv hujjatlarining jamiyat hayotidagi o‘rni hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalarini muhokama qildilar.
Tadbir yakunida mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi va kelgusida hamkorlikda ilmiy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.









