“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida “ARXIV MALIKALARI-2026” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
2026-04-10 18:00:00 / Yangiliklar

ARXIV MALIKALARI-2026
“O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida «OLMOS» sog‘lomlashtirish oromgohida “ARXIV MALIKALARI-2026” Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topildi:
🥇1-o‘rin O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi — Baxromova Zaxro Zayniddin qizi
🥈2-o‘rin Farg‘ona viloyati — Xolmatova Nozimaxon Toirjon qizi
🥉3-o‘rin Sirdaryo viloyati — To‘yinbayeva Nargiza Xatam qizi
Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, “O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Tashakkurnoma” hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirga tashrif buyurgan hamda tizimdagi arxiv muasasalarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarga, faxriylarga ham bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.









